KRONSHTADT (1723-y. gacha Kronshlot) — RF Leningrad viloyatidagi shahar va port. Fin qoʻltigʻidagi Kotlin o. da, Sankt-Peterburgdan 29 km gʻarbda. Aholisi 45,1 ming kishi (1998). Kemalar tuzatiladi. Harbiy dengiz muzeyi, radio kashfiyotchisi A. S. Popovnnnt kabinet-muzeyi bor. K. ga 1703-y. Pyotr I Peterburgni dengiz tomondan himoya qiluvchi qalʼa sifatida qurdirgan. 18-a. ning 20-y. laridan Boltiq floti bazasi. Istehkomlar (18-a.), dengiz sobori (1903—13), Pyotr I haykali, admiral S. O. Makarov haykali va b. bor. Kronshtadt dagi futshtokning nolidan mutlaq balandlik oʻlchanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые