KRONA

KRONA (slavyancha korova — toj) — Yevropadagi bir qator mamlakatlarning muomalada boʻlgan pul birligi.

1) Daniya pul birligi (krona). 1 K. = 100 eyre. Xalqaro ifodasi DKK. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari= 8,4 K. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan kurs boʻyicha 1 K. = 80 soʻm 67 tiyin (2002-y. fev.).

2) Islandiya pul birligi. 1 K. = 100 eyre. Xalqaro ifodasi 1SK. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 K. = 12 soʻm 42 tiyin (2003-y. fev.).

3) Norvegiya pul birligi (krone). 1 K. = 100 eyre. Xalqaro ifodasi NOK. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan kurs boʻyicha 1 K. = 139 soʻm 07 tiyin (2003-y. fev.).

4) Slovakiya pul birligi (koruna). 1 K. = 100 geller. Xalqaro ifodasi SLK. Xalqaro valyutalar kursi buyicha 1 AQSH dollari = 47,90 Krona (2002-y. fev.).

5) Chexiya pul birligi (koruna). 1 K. = 100 geller. Xalqaro ifodasi GZK. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 36,37 Krona (2002-y. fev.).

6) Shvetsiya pul birligi (krona). 1 K. = 100 eyre. Xalqaro ifodasi SEK. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan kurs boʻyicha 1 K. = 111 soʻm 83 tiyin (2003-y. fev.).

7) Estoniya pul birligi (kroon). 1 K. = 100 sent. Xalqaro ifodasi YeYEK. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari =17,71 Krona (2002-y. fev.).

8) Avstro-Vengriyaning, soʻngra 1924-y. gacha Avstriya va Vengriyaning pul birligi.

9) Fransiya (14—17-a. lar), Angliya (16—17-a. lar) va b. mamlakatlarning oltin tangasi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x