KRISTI (Christie) Agata (1891.15.9, Torki, Angliya — 1976) — ingliz yozuvchisi. Detektiv janr ustasi. 85 roman, 20 pyesa va koʻplab hikoyalar muallifi. Kristi eng yaxshi asarlarida («Puaro tergov qiladi», 1924; «Kaminlar siri», 1925; «Rojer Ekroydning katl etilishi», 1926; «N yoki M?» 1941; «Qopqon», 1954; «Ayblov guvoxi», 1954 va b.) jinoyat nafaqat dalillar asosida, balki qahramonlarning, chunonchi, belgiyalik izquvar Erkyul Puaroning botiniy tuygʻusi va sezgirligi tufayli ochiladi. Kristi asarlarining katta muvaffaqiyati syujetning qiziqarliligi, yechimning kutilmaganligi, personajlarning yorqinligi bilan izohlanadi. Asarlari 103 tilga tarjima qilingan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые