KRIOSTAT

KRIOSTAT (krio… va yun. statos — turgʻun, harakatsiz) — ichida oʻzgarmas kriogen t-ra (120° K dan past) toʻtib turiladigan metall, shisha yoki plastmassadan yasalgan qurilma; kriogen texnikasi vositasi. Odatda, suyultirilgan yoki qotirilgan gazlar (azot, vodorod, geliy va b.) bilan sovitiladi. Kriostat dagi maxsus idishga solingan sovituvchi gaz bosimini oʻzgartirish bilan Kriostatga joylashtirilgan muhit t-rasini oʻzgartirmay turish mumkin. Kriostat tashqi muhit taʼsiridan yaxshi izolyatsiya qilinadi (Dyuar idishi, termos singari). Suyultirilgan gaz solingan (mas, geliy — sovituvchi agent, azot — atrof muhitdan issiqlik kirishiga qarshilik koʻrsatadi) metall Kriostat keng tarqalgan. Bunday Kriostat larning korpusi bilan ichki qismlari orasidagi t-ra oʻzgarishlarini silfon baravarlashtirib turadi. Radiotexnika, optika, texnika va b. da ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x