KREYSVALD (Kreutzwald) Fridrix Reynxold [1803. 14(26). 12, Yыipere – 1882. 13(25). 8,Tartu] – eston yozuvchisi, maʼrifatparvar, folklorchi. Eston adabiyotining asoschilaridan biri. Kreysvald «Kalevipoeg» (1857—61) eston eposini va «Qadimgi eston xalq ertaklari» (1866)ni toʻplab qayta vashr ettirgan. «Ayyor tulki» (1850), «Soddadil odamlar» (1857) hajviy qissalari, «Virulik xonandaning qoʻshiqlari» (1865) sheʼriy toʻplami va b. asarlar muallifi. Kreysvaldning tibbiyot, dehqonchilik, tarix va geogr. ga oid ilmiy-ommabop asarlari ham bor. Viru sh. da uning uy-muzeyi ochilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые