KRASNISKIY Gennadiy Aleksandrovich

KRASNISKIY Gennadiy Aleksandrovich (1940.27.8, Toshkent — 1988.12.6, Qoʻrgʻontepa, Tojikiston) — futbolchi, sport ustasi (1962). Toshkentning «Paxtakor» futbol jamoasi safida (1959— 68) mamlakat birinchiligi oliy tabaqasi uchrashuvlarida 102-marta toʻp kiritgan. Sobiq Ittifoq milliy va olimpiya terma jamoalari tarkibida oʻynab, 37-marta toʻp urgan. Jan. Amerikada oʻtkazilgan xalqaro uchrashuvlar haqida «Rio-deJaneyrodan Montevideogacha» degan kitob yozgan (1964). Krasniskiy

1971—77 y. larda «Traktor» (Toshkent), «Yangiyer» (Yangiyer), «Paxtakor» jamoalarida, 1983—85 y. larda esa «Zvezda» (Jizzax) jamoasida murabbiy boʻldi. K. Oʻzbekistonning 20-a. dagi eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan. Toshkent sh. Bektemir tumanidagi stadionga Krasniskiy nomi berilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x