KRACHKOVSKIY Igvatiy Yulianovich

KRACHKOVSKIY Igvatiy Yulianovich [1883.4(16).3, Vilno, hoz. Vilnyus — 1951.24.1, hoz. Sankt-Peterburg] — rus sharqshunosi. SSSR FAakad. (1921). Bir necha chet el akademiyalari va sharqshunoslik jamiyatlarining aʼzosi, zamonaviy rus sharqshunosligining asoschilaridan biri. Peterburg un-tining sharq tillari f-tini tugatgan (1905). Petrograd un-tining prof. (1918y. dan). Krachkovskiy arab tili va adabiyotini, fors, turk, habash (efiop), lotin, yahudiy va yava bir necha gʻarb tillarini bilgan. Arab adabiyoti, tili, tarixi va madaniyatiga, Rossiya va chet ellardagi sharqshunoslik tarixiga oid 400 dan ziyod ilmiy asar yozgan. Krachkovskiy islomgacha boʻlgan davrdan 18-a. gacha yashagan arab geograflari haqidagi yirik asari («Arab geografik adabiyoti»)da jahon fanida Beruniy, Ibn Sino kabi arabnavis mutafakkirlarning turli fan sohalari taraqqiyotidagi buyuk xizmatlarini koʻrsatib berdi. Krachkovskiy 1931-y. dan Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Oʻrta Osiyo tarixiga oid arab manbalarini toʻplash boʻyicha SSSR FA tomonidan tashqil etilgan komissiyaga boshchilik qildi. Uning rahbarligida turkman xalqi tarixiga oid arabcha matnlarning tarjimasi eʼlon qilindi (1939). Krachkovskiy va uning rafiqasi V. A. Krachkovskaya tomonidan vashr etilgan arab tilidagi hujjatlar majmui — «Soʻgʻdiyova toʻplami» Oʻrta Osiyo tarixini oʻrganishda muaiyan ahamiyatga ega. Krachkovskiy «Qurʼonni adabiy manba sifatida rus tiliga tarjima qildi; «Ming bir kecha», «Kalila va Dimva» va b. asarlarni rus tiliga tarjima qilishda ishtirok etdi. Krachkovskiy rus sharqshunosligi, rus-arab aloqalari tarixini yoritib beruvchi muhim tadqiqotlarning («Arab qoʻlyozmalari ustida», 1945, keyinchalik bir necha marta nashr etilgan; «Rus arabshunosligi tarixi ocherklari», 1950 va b.) muallifi.

Ad.: Izbrannыye sochineniya, t. 1—6, M. — L., 1955-1960.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x