KOʻP YILLIK OʻTLAR — bir necha yil yashaydigan oʻt oʻsimliklar. Koʻpchiligining yer ustki qismi qishda yoki qurgʻoqchilik mavsumlarda qurib, faqat tuproq osti qismi (ildizi, ildizpoyasi, piyozi yoki tuganagi) saqlanib qoladi, qulay sharoit kelishi bilan yana koʻkarib chiqadi. Koʻp yillik oʻtlarning baʼzilari tashqi sharoit taʼsirida oʻzgarishi (koʻp yillikdan bir yillik-ka yoki, aksincha, bir yillikdan koʻp yillikka aylanishi) mumkin. Mac, koʻp yillik kanakunjut moʻtadil iqlimda bir yillik oʻsimlikdir. Koʻp yillik oʻtlar choʻl va yaylovlarda chorva mollari uchun oziq hisoblanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые