KOʻKTARGʻOQLAR

KOʻKTARGʻOQLAR (Alcedinidae) – koʻkqargʻasimonlar turkumiga mansub qushlar oilasi. Tanasining oʻz. 10—45 sm, boshi katta, boʻyni kalta, tumshugʻi uzun, yon tomondan siqilgan yoki asosi kengaygan. Oyoqlari juda kalta. 14 urugʻi, 88 turi maʼlum. Yer yuzining qutbga yaqin hududlaridan tashqari hamma joylarda tapqalgan, ayniqsa, Osiyo va Afrikaning tropik qismida turlari xilma-xil. Koʻpchilik turlari ozigʻini (hasharotlar, kemiruvchilar va b.) quruqlikdan, ayrim turlari suvdan (baliqlar, hasharotlarni) tutadi. Suvga daraxt shoxidan yoki qirgʻoqdan shoʻngʻiydi. Daraxt kovagi, termitlar uyasi va hayvonlar inlariga uya quradi; 2—7 tadan tuxum qoʻyadi. Oʻzbekistonda moviy koʻktargʻoq (Alcedo atthis) barcha daryo va ariqlar boʻyida uya quradi. Moviy Koʻktargʻoqlarning oʻz. oʻrtacha 16,5 sm, orqa tomoni koʻk-yashil, yaltiroq, oyoqlari qizil. Jarliklardagi inlariga 6—7 ta tuxum qoʻyadi. Koʻktargʻoqlarning bir qismi oʻz vatanida qishlab qoladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x