KO‘Z ATROFIDAGI AJINLAR UCHUN
Quyidagi tavsiyalar ko‘z atrofidagi ajinlardan xalos bo‘lishga yordam beradi.
🥛 2 choy qoshiq qaymoqga 1 choy qoshiq maydalangan petrushka aralashtiriladi. Ushbu aralashma tozalangan ko‘z atrofidagi teriga qo‘yiladi. Va 15 daqiqadan so‘ng yuviladi.
🍯 1 choy qoshiq asalni 1 ta tuxum sarig‘i bilan aralashtiriladi. Va qovoqning terisiga yupqa qilib surtiladi. 15-20 daqiqadan keyin yuvib tashlanadi.