KOVERKOT (ing. covercoat — palto qoplamasi) — diagonal urshshshda jun yoki yarim jun iplardan zich toʻqilgan mato. Bunda arqoq sifatida har xil (oq va qoramtir) tusli ikki ipdan iborat pishitilgan ip, tanda sifatida bir qavat qoramtir ip olinadi. Tayyor mato kulrang-yashil, sargʻish-jigarrang va koʻkish-kulrang tusda boʻladi. Koverkotdan kostyum va paltolar tikiladi. Ip-gazlama tarzida toʻqilgan Koverkotlar ham boʻladi. Ulardan plashlar tikiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые