KOTYAN

KOTYAN, Qoʻtan (13-a.) — Dashti Qipchoqning gʻarbidagi qipchoq (poloves) xonlaridan; Sutoyxon oʻgʻli. 1205-y. Galich knyazi Roman vafot etgach, Galich knyazligida olib borgan janglaridan birida asir tushishiga sal qolgan. 1223-y. moʻgʻullarni Dashti Qipchoqqa qilgan bosqinidan soʻng, K. Galichga, kuyovi knyaz Mstislav huzuriga kelib, undan va barcha knyazlaridan moʻgʻullarga qarshi kurashida yordam berishlarini soʻragan, yordam berishga vaʼda qilingan. Rus knyazlarining birlashgan kuchlari Kotyan bilan birga Kalka jangida moʻgʻullar tomonidan butkul tor-mor qilinadi. 1225-y. Mstislav Kotyanni Daniil Romanovich bilan ittifoq tuzgan lyaxlarga qarshi kurashish maqsadida chaqirtirgan, 1228-y. K. Kiyevning ulugʻ knyazi Vladimir Ryurikovichga Daniilga qarshi kurashida yordamlashgan; keyinchalik Kotyan qigtchoqlari Vengriyaga qarshi jang qilgan Daniilga yana yordam berishgan. 1238-y. Ashtarxon dashtlarida Botuxondan magʻlub boʻlgan Kotyan 40 ming kishilik qabiladoshlari bilan Vengriyaga qochib borgan, u yerda qirol K. ni fuqarolikka qabul qilib, qabilasi uchun yer ajratib bergan.

Ad.: Pletneva S. A., Polovsы, M., 1990; Kochevniki srednevekovya, M., 1982.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x