KOSSEL (Kossel) — ota-bola nemis olimlari:
1) Albrext (1853.16.9, Rostok — 1927.5.7, Geydelberg) — biokimyogar. Berlin (1887-y. dan), Mar-burg (1895) va Geydelberg (1901-23) un-tlari prof. Ilmiy ishlari yadro oqsillari (protaminlar va gistonlar), nuklein kislotalar va nukleoproteidlar kimyosiga oid. Birinchilardan boʻlib oqsilning tuzilish nazariyasini taqlif qilgan. Nobel mukofoti laureati (1910);
2) Valter (1888.4.1, Berlin — 1956.22.5, Tyubingen) — fizik. Kil un-ti (1921-y. dan) va Dansig oliy texnika maktabi (1932-y. dan) prof. 1947-y. dan Tyubingen fizika in-ti direktori. Ionli kimyoviy boglar nazariyasi muallifi (1916). Asarlari rentgen nurlari va elektronlar difraksiyasiga oid.