KOSONTOV

KOSONTOVQarshi choʻlidagi balandlik. Qashqadaryo viloyatida, Qashqadaryo oʻzani bilan Maymanoq kanali oraligʻida joylashgan. Eng baland joyi 452 m, nisbiy bal. 100 m. Jan.gʻarbdan shim.-sharqqa choʻzilgan. Oʻz. 4,5 km. Burmalangan gumbazsimon balandlik. Yon bagʻirlari tekislikdan keskin koʻtarilgan va quruq soylar bilan oʻydimchuqurlashgan. Suvayirgʻich qismi yassi tekislikdan iborat.

Kosontov yosh antiklinal balandlik, boʻr, paleogen va toʻrtlamchi davrlarning ohaktosh, gil, alevrolit, qumtosh, konglomerat, qumli qatlamlaridan tuzilgan. Kosontovda och boʻz tuproklar tarqalgan, ularga koʻproq gipsli, yengil mexaniq tarkib xos.

Rang va qoʻngʻirbosh, baʼzi joylarda shuvoq oʻsadi. Yaylov chorvachiligida foydalaniladi, atroflari sugʻoriladigan yerdar bilan band. Shim. etagida Kosoy sh. joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x