KOSMOLOGIYA (kosmos va… logiya) — Koinotnmng tuzilishi va rivojlanishini hamda nisbiylik nazariyasi obyektlarini kuzatuv maʼlumotlari bilan nazariy tadqiqotlar yerdamida oʻrganuvchi fan. Asosiy maqsadi — zamonaviy astronomiya va fizika bilimlariga asoslanib, Koinotning evolyutsion modelini tuzish, yaʼni uning boshlangʻich holatidan to bugunga qadar va kelajakdagi taraqqiyoti bosqichlarini tahlil qilish.
Zamonaviy Kosmologiya asoslariga koʻra, butun Koinotning eng koʻp massasini galaktikalar va yulduzlar tashqil etgan. Lekin 15—18 mlrd. yil ilgari uning barcha moddasi dastlab qiyoslash qiyin boʻlgan oʻta zich holatda boʻlgan. Bu oʻta zich va oʻta yuqori t-rali holatni fizika fani hali umuman ishlab chiqmagan. Kuzatuvlarga tayanib, bu holatni «oʻta kuchli» va «katta» portlash roʻy bergan, Koinotning birlamchi materiyasi kengayuvchan, bir jinsli va izotrop xususiyatlariga ega boʻlib, vaqt oʻtishi bilan uning zichligi va t-rasi jadal pasayib borgan, deb xulosa qilingan. Koinotning qaynoq modeli doirasidagi hisob-kitoblarga koʻra, uning t-rasi 0,001 sek. da ikki marta pasayib 1012—10» K gradusga yetadi. Koinot yoshi 1 sek. ga toʻlganida t-ra T=1010—10s K oraligʻida boʻlib, shu davrda geliy va deyteriy kabi yengil elementlar yadrolari vujudga keladi.
Koinotning birinchi nostatsionar (kengayuvchi) modelini 1922-y. rus olimi A. A. Fridman (1888—1925) taklif qilgan. A. Eynshteyn Koinotning statsionar modelini tuzgan. AQSH astronomi E. Xabbl (1889-1953) 1929-y. Fridmanning kengayuvchi modelini kuzatuv yoʻli b-n tasdiklagan. «Qaynoq» Koinot nazariyasini 1948-y. amerika olimi G. A. Gamov (1904—68) taklif etgan.
Fridman Kosmologiyasida Koinot dastlab oʻta zich singulyar holatda boʻlib, xususan, /=10~13 S. vaqtda uning zichligi r=1093 gr/sm3 deyilgan. Zamonaviy Koinot turli yoщdagi galaktikalar olamidan iborat va kamida bir necha yuz mln. parsek masshtabdan boshlab zichligi bir jinsli va izotropik xususiyatlarga ega. Mas, bizdan atigi 1,5-10ʻ parsek masofa oraligʻida bir necha mlrd. galaktikalar kuzatiladi. Kosmologiyada bir jinslilik va izotropik xususiyatlar kosmologik prinsip deyiladi va u yuqoridagi evolyutsion modelning asosini tashqil etadi. 1965-y. amerikalik astronomlar A. A. Penzias va R. V. Vilson Koinot portlashi davridan saqlanib qolgan «relikt» kashf qilishgan. Kuzatuvlarga koʻra, Quyosh sistemasi «relikt»nurlanishiga nisbatan 420 km/sek tezlik bilan harakat qiladi. Zamonaviy Kosmologiya norelyativistik va relyativistik qismlardan iborat. Norelyativistik Kosmologiya fazo va vaqtni oʻzaro jips bogʻlanmagan holda qaraydi. Relyativistik Kosmologiya esa fazo-vaqt geometriyasida ish koʻrib, klassik fizikaning ayrim tushunchalari (mas, inersial sanoq sistemasi) hisobga olinmaydi va oʻrniga yangilari (mas, fazo-vaqt egriligi va b.) kiritiladi. Koinot takdiri uning oʻrtacha zichligi kritik qiymat 5-10 30 gr/sm3 dan katta yoki kichik ekanligiga bogʻliq. Hoz. maʼlumotlarga koʻra, Koinotning oʻrtacha zichligi 5-10~31 gr/sm3 ga teng. Kosmologiyada tabiati bizga nomaʼlum koʻrinmas massa muammosi hal etilmagan. Bu massa, xususan, galaktikalar tojida galaktikalar toʻdalari va ular orasidagi fazoda yetarlicha mavjudligi aniq. U Koinot takdirigagina emas, balki galaktikalar evolyutsiyasiga ham taʼsiri oʻta muhim ekani maʼlum. Oʻzbekistonda Kosmologiyaning bu kabi astrofizik muammolari OʻzMU astronomiya kafedrasida, nisbiylik nazariyasi bilan bogʻliq ayrim masalalari esa Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi in-tida oʻrganiladi.
Ad.: Si l k J., Bolshoy vzrыv: rojdeniye i evolyutsiya Vselennoy, M. S, 1982; Zeldovich Ya. B, Novikov I. D., Stroyeniye i evolyutsiya Vselennoy, M., 1975; Chandrasekar S, Matematicheskaya teoriya chyornыx dыr, M., 1986.