Kosmetik vositalarni saqlash bo‘yicha oltin qoidalar bilan tanishing

DO`STLARGA ULASHING:

Biz ayollar har kuni kosmetika vositalaridan foydalanamiz. Yuzimizga suradigan krem, upa, tozalovchi vositalar va boshqa attorlik buyumlarining saqlash qoidalari mavjud. Ular mazkur vositalarning umrini qisqartirmaslikka ko‘maklashadi.

1-qoida

Barcha turdagi kremlarni yotoqxonada saqlang. Sababi ushbu xona uyning boshqa qismlariga qaraganda salqin hisoblanadi.

 

2-qoida

Kosmetika mahsulotlari yorug‘likka ta’sirchan sanaladi. Shu sabab ularni quyosh hamda sun’iy nurlardan himoyalash zarur. Mazkur mahsulotlarni quyosh nuridan himoyalangan joylarda asrang. Do‘kon peshtaxtasida yorug‘lik tushib turgan bu turdagi mahsulotlarni xarid qilishni tavsiya qilmaymiz.

 

3-qoida

Uydagi kosmetika mahsulotlaringizni issiqlik manbasidan uzoqda saqlang. Mahsulot tarkibidagi to‘yinturuvchi moddalar o‘zining foydali xususiyatini bir zumda yo‘qotishi mumkin emas.

 

4-qoida

Kosmetika mahsulotlarini ochgach, ularni 6 oydandan ko‘p ishlatmang.  Organik kremlarni 2 oydan 4 oygacha bo‘lgan muddatda sovutgichda saqlash tavsiya etiladi.

 

5-qoida

Agar siz sayohatga otlangan bo‘lsangiz foydalanadigan kosmetik vositalaringizni katta bo‘lmagan konteynerga joylab oling. Bu haroratning ortib ketishi natijasida mazkur vositalarning tarkibiga salbiy ta’sir xavfini kamaytirishga yordam beradi.

 

Xurshida HUSENOVA

soglom.uz/tavsiya/kosmetik-vositalarni-saqlash-boyicha-oltin-qoidalar-bilan-tanishing/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x