KOSMANACHI KUMUSH RUDA KONI — Qizilqum choʻlining Tomditov togʻlari jan. dagi kon. Konning maydoni besapan svitasining O—S yoshidagi flishoid jinslari (metaalevrolit, metaqumtosh, kremniyli dolomit jinslarining linzalari va quyi devonning karbonatli maydalangan jinslari) dan tashqil topgan. Kondagi maydalangan, brekchiyalashgan va gʻijmaloqlangan hamda sharq va jan.-sharqqa 5—30° burchagida qiya tushgan qatlamlararo zonalar ruda sigʻimli strukturalardir. 13 rudali jism aniqlangan. Rudalanishning tik yoʻnalishidagi yoyilish kulami 400 m dan ortiq, eniga yoyilishi boʻyicha 1200— 1300 m, tushish boʻyicha esa u 1400 m gacha koʻzatilgan. Rudaning asosiy qimmatli komponenti — kumush, juda muhim aralashmalar sifatida esa — oltin, palladiy va b.
Ad.: Geologiya i poleznыye iskopayemыye Respubliki Oʻzbekiston, T., 1998.