KOSHI MASALASI

KOSHI MASALASIdifferensial tenglamalar nazariyasining asosiy masalalaridan biri; birinchi marta O. Koshi oʻrgangan; differensial tenglamaning maʼlum boshlangʻich shartlarni qanoatlantiruvchi yechimi (integrali)ni izlashdan iborat. Agar oʻrganilayotgan fizik jarayon fazoviy oʻzgaruvchilar va paytga bogʻliq desak, Koshi masalasi fazoviy oʻzgaruvchilarga nisbatan cheksiz sohalarda yoki chekli boʻlsa ham chegaraning taʼsiri boʻlmagan jarayonlarni oʻrgarishda yuzaga keladi. Mas, cheksiz uzunlikdagi yoki chekli boʻlsa-da, tebranish chetlarigacha yetib bormaydigan torning tebranishi haqidagi masala K. m. ga olib keladi. Bunda t — vaqt boʻyicha t = /0 boshlangʻich momentda tebranish na uning tezligi maʼlum boʻlsa, ixtiyoriy (tl>tt)) vaqtla tebranishni aniqlash — K. m. boʻlali. Shuningdek, t= tu boshlangʻich vaziyatda manbadan tarqalayotgan issiqlik miqdori maʼlum boʻlsa, istalgan vaqtda issiqlik tarqalishini aniqlash masalasi Koshi masalasiga olib kelali.

Mat. kuqtai nazaridan bu masala — biror bir tabiiy jarayonni ifolalovchi differensial tekglamani va qoʻshimcha (boshlangʻich) shartki qanoatlantiruvchi nomaʼlum funksiyani aniqlashdan iborat. Koshi masalasi yordamida fizika va texnikaning juda koʻplab muhim masalalarini hal qilish mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x