KORYAK TOGʻLIGI

KORYAK TOGʻLIGI, Koryak tizmasi — RF Osiyo qismining shim.-sharqidagi togʻlik. Bering dengizi sohilida. Anadir qoʻltigʻi va Kamchatka ya. o. orasida. Oʻz. 880 km, eni 270 km gacha Bal. 600— 1800 m. Eng baland joyi Ledyanaya togʻi (2562 m). Kichik muzliklar bor. Asosan, terrigen va kremniyli vulkanogen jinslardan tarkib topgan. Yon bagʻirlari tundra oʻsimliklari bilan qoplangan, yirik daryo vodiylarida terak, buta va pakana kedr oʻrmonlari bor. Foydali qazilmalari: oltin, kumush, qalay, mis, polimetall, molibden, simob, oltingugurt, toshkoʻmir, qoʻngʻir koʻmir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x