KORYAK TILI (qadimiy nimilan tili) — Paleoosiyo tillari oilasining chukotka-kamchatka tillari guruhiga mansub. 5,4 ming kishi soʻzlashadi (1989). Koryak tilida chavchuven, apukin, kamen, paren va itkan shevalari bor. Koryak adabiy tili chavchuven shevasiga asoslangan. Fonetikasida singarmonizm hodisasi bor. Morfologiyasida feʼlning hoz. zamon shaklini ifodalovchi alohida belgisi mavjud. Leksikasida bugʻuchilikka oid soʻzlar koʻp. Yozuvi rus alifbosi asosida.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые