Qushlar bilan yirtqichlar o‘rtasida katta nizo chiqibdi. Ikkala tomon ham o‘ziga qo‘shin yig‘a boshlabdi.
Ko‘rshapalak qaysi tarafga qo‘shilishni bilmay, ikkilanib qolibdi. U turgan shox oldidan o‘tib ketayotgan qushlar:
— Yur, bizlar bilan, — deyishibdi.
Ammo Ko‘rshapalak:
— Men yirtqichman, — debdi.
Keyinroq ini tagidan o‘tib ketayotgan yirtqichlar tepaga qarab shunday deyishibdi:
— Yur, bizga qo‘shil.
Lekin u: — Men qushman, — debdi.
Xayriyatki, oxirgi lahzalarda tinchlik o‘rnatilibdi, hech qanday urush bo‘lmabdi. Shunda Ko‘rshapalak qushlarning oldiga borib ulardan o‘zini xursandchiliklariga sherik qilishlarini so‘rabdi. Ammo hamma qushlar undan yuz o‘girib, uchib ketishibdi. Shundan keyin¬ Ko‘rshapalak yirtqichlarning oldiga boribdi. Biroq tezda u yerdan ham chekinishga majbur bo‘libdi, zero, yirt¬qichlar uni burda-burda qilishga shay turardilar.
Shunda Ko‘rshapalak o‘ziga shunday dedi:
— Fazilati bo‘lmaganning do‘sti ham bo‘lmas ekan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые