KORSET

KORSET (frans. corset) — 1) qaddi-qomatni raso tutish uchun koʻkrak qafasining pastki qismi va qorinni tortib ushlab turadigan maxsus moslama; 2) umurtqa pogʻonasi singanda, kasallanganda va qiyshayganda qoʻllaniladigan maxsus ortopedik moslama. Korset protezortopedik korxonalarda turli xil materiallar (charm, gips, plastmassa, mato va h. k.) va chetlari metalldan qilinadi. Korset tanaga yopishib turishi kerak, shuning uchun uni bemordan olingan qolipga qarab tayyorlanadi. Ushlab turuvchi, yengillik tugʻdiruvchi va toʻgʻrilovchi Korsetlar bor. Ushlab turuvchi va yengillik tugʻdiruvchi Korsetlar umurtqa pogʻonasi singanda va u operatsiya qilingandan keyin buyuriladi. Korset, koʻpincha umurtqa pogʻonasining beldumgʻaza boʻlimi kasalliklari (mas, bel umurtqasi siljiganda, osteoxondroz, spondilolistez va h. k.) oqibatida bel ogʻriganda qoʻllaniladi. Toʻgʻrilovchi Korset umurtqa pogʻonasi yonga bir oz qiyshaygan (skolioz) bolalarga umurtqa pogonasi butunlay qiyshayib qolishining oldini olish maqsadida buyuriladi. Korsetni vrach tayinlaydi va toʻgʻri kiyilganligini tekshiradi, kiyib yurish muddatini aytadi va nazorat qilib turadi. Korsetni uzoq, vaqt taqib yurilganda gavda muskullari zaiflashib qolishi mumkin, shuning uchun umurtqa pogʻonasi qanchalik shikastlanganiga va kasallik bosqichiga qarab (vrach tavsiyasi b-n) shifobaxsh gimnastika bilan shugʻullanish va gavda muskullarini massaj qilishi kerak. Korset toza turish uchun trikotaj koʻylak yoki mayka ustidan kiyiladi. Plastmassa Korsetni yuvsa boʻladi.

5 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x