KORROZIYABARDOSH MATERIALLAR

KORROZIYABARDOSH MATERIALLARkorroziya hodisasiga chidamliligi yuqori boʻlgan materiallar. Metall va metallmas (anorganik va organik), kompozitsion (q. Kompozitsion materiallar), konstruksion (q. Konstruksiyey materiallar) va himoya (q. Himoya qopyaamalari) turlari bor. Metall Korroziyabardosh materiallarga poʻlat va choʻyanlar, olovbardosh kotishmalar; asl metallar; korroziyabardoshligi legirlab (q. Legirlash) oshiriladigan alyuminiy, mis asosidagi qotishmalar (bronza, jez), nikel niobiy, tantal, sirkoniy va b. elementlar asosidagi krtishmalar kiradi. Metallmas anorganik Korroziyabardosh materiallarga tabiiy silikat materiallar — andozit, bazalt, granit, diorit, kvarsit va kislotaga chidamli boshka jinslar; dolomitlar, marmarlar, ohaktoshlar; sunʼiy silikat materiallar (kvars shisha, silikat shisha, keramik materiallar, emallar, kislotaga chidamli beton va b.) kiradi. Metallmas organik Korroziyabardosh materiallar (polietilen, polistirol, ftoroplast, va b.) kengtarqalgan. Korroziyabardosh materiallar kislota, ishqor, toʻzlar, kimyoviy agressiv gaz sharoitida ishlatiladigan kimyoviy apparatlar, quvurlar, buyumlar i. ch. da qoʻllaniladi (yana. q. Kislotabardosh materiallar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x