KORROZIYA

KORROZIYA (lot. corrigere — oʻymoq, yemirmoq) — 1) jinslar (metallar, beton, tosh, yogʻoch, baʼzi plastmassalar va b.)ning tashqi muhit bilan biologik, kimyoviy yoki elektr-kimyoviy taʼsirlashuvi oqibatida yemirilishi. Temir va temir qotishmalari Korroziyasi zanglash deb ham ataladi (yana q. Metallar korroziyasi). Ximoya qoplamlari (mas, lok-boʻyoq materiallar) qoplash, muhitga ingibatorlar (mas, xromatlar, nitritlar, arsenitlar) kiritish, korroziyabardosh materiallar ishlatish yoʻli bilan Korroziyaning oldini olish mumkin;

2) tibbiyotda — oʻyuvchi moddalar taʼsirida toʻqimalarning yemirilishi; 3) geologiyada — kimyoviy yoki mexaniq jarayonlar taʼsirida togʻ jinslarining yemirilishi, kanallar, oʻralar, gʻorlar va b. hosil boʻlishi. Kimyoviy Korroziyada suvning kimyoviy taʼsirida jinslar sirti eriydi va yeyiladi (oʻyiladi), mexanik Korroziyada esa jinslarning sirti yediriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x