KORPUSKULYAR-TOʻLQIN DUALIZMI

KORPUSKULYAR-TOʻLQIN DUALIZMI — materiyaning har qanday mikroobyektlari (fotonlar, elektronlar, protonlar, atomlar va b.) ham korpuskulyar (zarra), ham toʻlqin xususiyatlariga ega ekanligi haqidagi qoida. Zarraning trayektoriya boʻylab harakatlanishi tushunchasi bilan toʻlqinning tarqalish yoʻnalishi tushunchasi klassik (anʼanaviy) fizikada bir-biridan tamomila farq qiluvchi fizik jarayonlar hisoblanadi. Fotoeffekt, Kompton effekti va b. hodisalarda oʻtkazilgan tajriba natijalari oqimi — fotonlar xossalariga ham ega boʻlishini koʻrsatdi. Bu holda foton energiyasi Ye va impulsi r, yorugʻlik chastotasi v va toʻlqin uzunligi X ga quyidagi munosabatlar bilan bogʻlangan: E=hv, p=h/X (L-Plank doimiysi). Ikkinchi tomondan kristallarga toʻshayotgan elektronlar oqimining kristallardagi difraksiya hodisasini ularning toʻlqin xususiyatiga egaligi bilangina tushuntirish mumkin. Demak, mikroolamga xos muhim xususiyat ikki tomonlama xususiyatning K-t. d. mavjudligidir. Zarralar sochilishidagi difraksiya hodisasi zarralarning trayektoriya boʻylab harakatlanishi tushunchasiga zid boʻlib, toʻlqin xususiyatiga ega boʻlishini koʻrsatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x