KORIOLIS (Coriolis) Gyustav Gaspar (1792—1842) — fransuz matematigi va mexanigi. Parij FA aʼzosi (1836). Parij politexnika maktabini boshqargan (1838-y. dan). «Qattiq jismlar mexanikasi va mashinalarni hisoblashga doir traktat» (1829) va «Jismlar tizimining nisbiy harakati tenglamalari haqida» (1835) nomli asarlarida Koriolis nisbiy harakat nazariyasini asoslab berdi (q. Koriolis kuchi, Koriolis tezlanishi).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые