KOREYa RESPUBLIKASI, KR (Taehan Minguk) — Uzoq Sharqda, Koreya ya. o. da, 38-paralleldan jan. da joylashgan davlat. Mayd. 98,48 ming km2. Aholisi 47,904 mln. kishi (2001). Poytaxti — Seul sh. Maʼmuriy jihatdan 9 viloyat (province) va viloyat maqomidagi 2 shahar (Seul va Pusan)ga boʻli-nadi. Rasmiy tili — koreys tili. Yi-rik shaharlari: Seul, Pusan, Kvanju, Inchxon, Techjon, Ulsan.
Davlat tuzumi. KR — parlamentli respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1988-y. 25 fev. dan kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident. U aholi tomonidan umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 y. muddatga saylanadi. Konstitutsiyaga binoan, prezident hokimiyati birmuncha cheklangan. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — Millat majlisi. Ijroiya hokimiyatni prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
Tarixi. KR 1948-y. da eʼlon qilingan. 40 y. mobaynida diktatorlik rejimi hukmronlik qildi. Avvaliga Li Sin Man (1960-y. da agʻdarib tashlandi), soʻng Pak Chjon Xi (1979-y. da oʻldirildi) rejimi hukm surdi. 1980—87 y. larda Chon Du Xvan prezident lavozimida boʻldi. 1987-y. da oʻtkashlgan referendum yangi konstitutsiyami tasdiqladi. 1988-y. 25 fev. da kuchga kirgan mazkur konstitutsiya koʻp bosqichli saylov oʻrniga toʻgʻri prezident saylovini joriy etdi, parlamentning huquqlarini kengaytirdi, prezidentning vakolatlarini chekladi, uning lavozimda boʻlish muddatini 7 y. dan 5 i. ga keltirdi, armiyaning siyosatda qatnashmasligi xaqidagi nizomni konstitutsiyaga kiritdi, matbuot erkinligini mustahkamladi.
1992-y. dek. da oʻtkazilgan prezident saylovida Demokratik liberal partiya nomzodi kim Yen Sam gʻalaba qozondi. Uning shiori «barkarorlik sharoitidagi islohotlar» edi. Harbiylarning necha oʻn yillik hukmronligidan soʻng birinchi marta fuqaro siyosatchi oliy lavozimiga saylandi. Bu davrda liberal-demokratik islohotlar oʻtkazildi. Muxolifat faoliyati parlament doirasidan chetga chiqmasligi belgilab qoʻyildi. 1997-y. 18 dek. da boʻlib oʻtgan saylovda esa Kim De Jung, 2002-y. dek. da boʻlib oʻtgan saylovda Ro My Xen prezident etib saylandi. Milliy bayramlari: 15 avg. — K. ozodligi kuni (1945); 3 okt. — Davlatga asos solingan kun. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-y. 29 yanv. da oʻrnatgan.
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Yangi ming yillik demokratik partiyasi, 2000-y. da tuzilgan; Demokratik partiya, 1991-y. da tashqil etilgan; Yangi Koreya respublikasi, kr demokratik partiyasi, 1985-y. da asos solingan; Birlashgan xalq partiyasi, 1992-y. da tuzilgan; Birlashgan liberal demokratlar, 1995-y. da asos solingan; Demokratik xalq partiyasi, 2000-y. da tuzilgan; Buyuk mamlakat partiyasi, 1997-y. da asos solingan. Koreya respublikasi, kr kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1946-y. da tuzilgan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi.
Xoʻjaligi. KR — joʻshqin rivojlanayotgan industrial-agrar mamlakat. Keyingi 30 y. mobaynida iktisodiy oʻsish surʼati jihatidan dunyoda oldingi oʻrinlardan birini egallab keldi. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 34%. Milliy mahsulot hajmi aholi jon boshiga 1989-y. gi 4830 AQSH dollaridan 1996-y. da 10 ming dollarga yetdi. Yuksak texnologiyalarga asoslangan hamda eksportga mahsulot tayyorlovchi tarmoqlar va ogʻir sanoat ildam rivojlandi. Foydali qazilmalar orasida toshkoʻmir konlari juda katta ahamiyatga ega; temir, rux va mis rudalari, volfram, qalay, oltin, kumush qazib olinadi. Shunga qaramay, zarur sanoat xom ashyosining koʻp qismi chet ellardan keltiriladi.
S a n o a t i . Ishlab chiqaruvchi sanoat iqtisodiyotda yetakchi oʻrinda. KR kemalar, yengil avtomobillar, elektronika va elektrotexnika, neft, poʻlat, toʻqimachilik mahsulotlari i. ch. boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Pxoxan sh. da mamlakatdagi eng katta metallurgiya kti bor. Bundan tashqari, rangli metallurgiya, kimyo, yengil sanoat korxonalari mavjud. Seul, Inchxon, Tegu, Pusanda ip gazlama, Chxonju va Kvanjuda tabiiy shoyi gazlama, Ulsan va Pusanda kema i. ch. markazlari barpo etilgan. Koʻpdankoʻp sholi okdash, un tortish, qand-shakar, soyani qayta ishlash, vinochilik, tamaki, baliq mahsulotlarini qayta ishlash va sh. k. korxonalar bor. Televizor, radiopriyomnik, velosiped, mototsikl, avtomobil motori, elektrotexnika asbobuskunalari i. ch. eng yangi texnika asosiga qurilgan. Qogʻoz, yogʻochsozlik, binokorlik ashyolari sanoati, uy-roʻzgʻor asboblari ishlab chiqaruvchi, hunarmandchilik korxonalari mavjud. Qudratli energetika bazasi vujudga keltirilgan (yiliga oʻrtacha 119 mlrd. kVt-soat). Hosil qilinayotgan elektr energiyaning 50% AESlarga toʻgʻri keladi. Mamlakatda aerokosmik sanoatini rivojlantirish dasturini amalga oshirishga kirishilgan. Biotexnologiya, gen injeneriyasi, lazer, kompozitsion materiallar yaratish sohasidagi ilmiy-texnikaviy ishlanmalar faol yoʻlga qoʻyilgan. Barcha sohalar gurkirab rivojlanishi tufayli KR korporatsiyalari tobora gʻarbdagi yetakchi kompaniyalarning jiddiy raqobatchisiga aylanib borayotir.
Qishloq xoʻjaligi. Kishloq va oʻrmon xoʻjaligida, baliqchilikda aholining salkam 18% shugʻullanadi. Bu tarmoqlar yalpi ichki mahsulotning 8% ni beradi. Q. x. mamlakat oziq-ovqat ehtiyojining 65% ni qondiradi. Yer maydonining 21%ga ekin ekiladi, shundan 50% sugʻoriladi. Koʻp joylarda yiliga 2—3-marta hosil olinadi. Dehqonchilikda sholi, arpa va bugʻdoy, shuningdek, makkajoʻxori, soya, kartoshka, batat, kanop, jenshen yetishtiriladi. Koʻp miqdordagi don chetdan keltiriladi. Chorvachilik suyet rivojlangan, qoramol, choʻchqa, parranda boqiladi, baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi. Togʻli joylarda yogʻoch tayyorlanadi.
Transporti. T. y. lar uzunligi — 7 ming km, avtomobil yoʻllari oʻz. — 55 ming kmdan ziyod, dengiz savdo floti tonnaji 11,7 mln. t dedveyt. Dengiz portlari: Pusan, Ulsan, Inchxon, Masan, Pxoxan, Mokpxo, Yosu. Seul, Pusan, Teguda katta aeroportlar bor.
Tashqi savdosi iktisodiy jihatdan rivojlangan AQSH, Yaponiya, Kanada va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga qaratilgan. Rossiya va MDHdagi boshqa mamlakatlar bilan ham iqtisodiy hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Eksportida i. ch. sanoati mahsuloti ustun. Uning 95% ni tayyor maxsulotlar (kemalar, elektron tovarlar, televizorlar va b.) tashqil etadi. Mineral xom ashyo ham chiqaradi. Chetdan yoqilgʻi, xom ashyo, oziq-ovqat, mashina va uskunalar, kimyo mahsulotlari oladi. Pul birligi — vona.
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. 6—11 yoshdagi bolalarning boshlangʻich maʼlumot olishi majburiy. Davlat oʻquv yurtlari bilan bir qatorda xususiy boshlangʻich va oʻrta maktablar ham bor. Boshlangʻich maktabda majburiy taʼlim joriy etilgan boʻlib, oʻqish muddati 6 y., oʻrta maktabda 3 y., oshirilgan darajadagi oʻrta maktabda 3 y. Magistraturani bitirganlarga ilmiy daraja beriladi. 500 dan koʻproq (shundan 400 tasi xususiy) oliy oʻquv yurti boʻlib, ularda 1 mln. 390 ming talaba oʻqiydi, yuzdan ortiq kollej va un-t mavjud, ulardan eng yiriklari: Seul davlat unti (1905), Yense, Kyonxi, Konguk, Kukmin, Koria, Xanguk, Xanyan kabi xususiy un-tlar. Texnologiya in-ti, Qon tekshiruv in-ti va b. ilmiy markazlar tashqil etilgan. 1958-y. tuzilgan Atom energiyasi boshqarmasi huzurida atom ener-giyasi va tibbiy radiatsiya in-tlari ochilgan. Seulda Milliy fanlar aka-demiyasi, Milliy sanʼat akademiyasi, bir qancha i. t. in-tlari, Milliy kutubxona, Seul va Koreya un-tlarining kutubxonalari, Milliy muzey, Milliy ilmiy muzey va h. k. lar mavjud.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. KRda 700 ga yaqin kundalik gaz. nashr etiladi, ularning taxm. yarmisi Seulda chiqadi. Eng yiriklari: «Tona ilbo» («Sharqiy Osiyo gazetasi», 1920-y. dan), «Xanguk ilbo» («Koreys gazetasi», 1954-y. dan), «Choson ilbo» («Koreya gazetasi», 1920-y. dan), «Kenxyan sinmun» («Kechki gazeta», 1946-y. dan), «Qoria gerald» («Koreya xabarchisi», 1953-y. dan), «Koria tayme» («Koreya vaqti», 1950-y. dan), «Seul sinmun» («Seul gazetasi», 1945-y. dan) va b. Renxap axborot agentligi 1980-y. da tuzilgan. «Qorian Brodkasting sistem» radioeshittirish va telekoʻrsatuv korporatsiyasi 1926-y. da tashqil etilgan. Yetakchi radiost-yalari: «Krischian Brodkasting Sistem», «Kikton Brodkasting Sistem» va «Asia Brodkasting Sistem» (asosan, xorijiy Uzoq, Sharq mamlakatlariga moʻljallangan).
Adabiyoti. Yapon mustamlakachilari mamlakatdan quvilgach, koʻpgina yozuvchilar istiqbolga umid ruhi bilan sugʻorilgan asarlar yaratishdi. Li Xa Yun, Kim Gvan Sop va b. ning sheʼrlarida istiqlol gʻoyalari aks etdi. Katta avlod prozachilari naturalizm va dekadentlik adabiyoti anʼanasini davom ettirdi. 1954-y. dan prozachilarning yosh avlodi yetishdi, boʻlar Gʻarbda rasm boʻlgan «yangi tanqid» oqimi va antiromanizm nazariyasi taʼsiriga juda ham berilgan. Koʻp asarlar urush va yolgʻizlikka bagʻishlangan. Li Don Ji va Li Xyon Gi asarlarida mistitsizm hamda «sharq tafakkuri» oʻziga xosligi gʻoyalari aks ettirilgan. 1960-y. oʻrtalaridan urush azoblari, insonning yolgʻizlik hissiyoti, umidsizlik ohanglari ustunlik kila boshladi. 70— 80-y. larda realistik ilgʻor anʼanalar kuchaydi, voqelikka tanqidiy munosabat rivojlandi (Kim Ji Xa sheʼrlari), adabiyotda ilgʻor tamoyillar paydo boʻla boshladi.
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. 1950—80 y. larda jamoat binolari, asosan, Gʻarbiy Yevropa meʼmorligi uslubida qurilgan (Seuldagi «Qoria eyr Layns» aviatsiya kompaniyasining binosi). Milliy meʼmorlik uslublari asosida zamonaviy konstruksiyalar bilan qurilgan binolar ham uchraydi. (Seul yaqinidagi «Uoker-Xill» oromgoh markazi). Turar joylarning aksariyati tipovoy loyihalar asosida quriladi. koʻp. Rangtasvirchilardan Kim In Sin, Li Jun Sop va b. yevropacha realistik oqimga, Kim Xvan Gi, Nam Gvan kabi rassomlar, Kim Yon Xak, Chon San Bom singari haykaltaroshlar esa modern oqimiga taqlid qiladi. Kim Gi Chkan, Pak Ne Xen ijodida milliy uslub yevropacha uslubga hamohang tarzda na-moyon boʻladi. Amaliy tasviriy sanʼat anʼanalari asosida buyumlar tayyorlash rivojlangan.
Musiqasi. Milliy musiqa sanʼati ayrim vatanparvarlar harakati tufayligina saqlab qolindi. Xalq xonandalik sanʼatining pxansori deb atalgan turi KR da qayta tiklandi. Musiqali dramaga oʻxshash bu turda aktyorlik, ashula va raqs uygʻunlashgan. 1945-y. da simfonik orkestr tashqil etilgan. Koʻpgina estrada ansambllari ishlab turibdi. Seulda opera truppasi boʻlib, u chet el (asosan, Yevropa) spektakllarini qoʻyadi. Simfonik orkestrlar va ayrim un-tlar huzurida musiqa kollejlari bor. «Miljun», «Tonʼyan» drama teatrlari, kichikkichik teatr truppalari mavjud. Ularga Gʻarb zamonaviy sanʼatining taʼsiri katta. Chonlar triosi, skripkachi Kim Yon Uk, qoʻshiqchilar Xans Chxve, Cho Sumi va b. ijrochilarning nomi dunyoga mashhur.
Kinosi. 1946-y. KR kinematografiyasi vujudga keldi. 40-y. lar oxiridagi filmlar, asosan, Vatanni yapon bosqinchilaridan ozod qilishga bagʻishlandi («Mudhish tun», «Ortikcha odam»). Keyingi yillarda vatanni birlashtirish kinematografiyaning asosiy mavzui boʻlib qoldi.
Oʻzbekiston — KR munosabatlari. KR 1991-y. 30 dek. da Osiyo — Tinch okean mintaqasi davlatlari orasida birinchi boʻlib OʻzR mustaqilligini tan oldi. Oʻzbekiston bilan KR oʻrtasida 1992-y. yanv. da diplomatiya munosabatlari oʻrnatilgandan keyin siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda keng hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyildi. Mamlakatimiz rahbari I. Karimovning 1992, 1995, 1999-y. larda KR ga va KR prezidentining 1994-y. da Oʻzbekistonga rasmiy tashriflari chogʻida imzolangan hujjatlar oʻzaro hamkorlikning huquqiy poydevorini yaratdi. 1999-y. da oʻzaro tovar aylanmasi hajmi salkam 526,8 mln. AKSH dollariga yetdi. KR Oʻzbekistondan paxta tolasi, ip gazlama, kalava ip, elektr asbob-uskuna, xom teri, ipak, kimyoviy oʻgʻit olib, Oʻzbekistonga transport vositalari, elektr va mexaniq jihozlar, qora metall, kauchuk va rezina mahsulotlari, boʻyoqlar, turli xil jihoz va apparatlar, toʻqimachilik mahsulotlari yuboradi.
Oʻzbekistonda koreys sarmoyasi ishtirokidagi 80 ga yaqin korxona boʻlib, ular transport, elektronika, telekommunikatsiya, aloqa, toʻqimachilik kabi sohalarga mansub. «OʻzDEU avto», «OʻzDEUelektroniks», «Kabul-Oʻzbek kompani LTD», «OʻzSamsoʻngelektroniks» kabi qoʻshma korxonalar shu jumlaga kiradi. Ular avtomobil, xalq isteʼmol mollari, radio elektron maqsulotlar i. ch. bilan shugʻullanadi. Toʻytepada va Toshkentning «Koʻkcha» dahasida qurilgan toʻqimachilik korxonalari mahsulotlari chetga eksport qilinayotir. Fargʻona va Namangan sh. larida ham shunday korxonalar barpo etiladi. Shuningdek, KRning 19 ta kompaniyasi OʻzR da oʻz vakolatxonasini ochgan. 1994-y. dan buyon iqtisodiy hamkorlik va savdo-sotiq masalalari boʻyicha Oʻzbekiston-Koreya va KoreyaOʻzbekiston qoʻshma qoʻmitasi ishlab kelayotir. OʻzR Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki KR ning 10 ta banki bilan vakillik munosabatlari oʻrnatgan. Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bir necha yillar davomida respublika vazirliklari va idoralari bilan faol aloqa qilayotir. Shu tashqilot yoʻli bilan oʻzbek yigit-qizlari muntazam ravishda KR da malaka oshirayotir, Toshkent iktisodiyot un-tida va Moliya in-ti huzuridagi litseyda kompyuter sinflari tashqil etilgan. Oʻzbekistondagi boshqa litsey va kollejlarni oʻquv asbob-uskunalari b-n jihozlash loyihasi amalga oshirilayotir. KR Maorif vazirligining 1992-y. maydan beri ishlayotgan Toshkentdagi koreys taʼlim markazida oliy oʻquv yurtlari muallimlari va talabalari uchun tanlov asosida malaka oshirish yoʻlga koʻyilgan. 1993-y. martda Toshkent sharqshunoslik in-tida koreyashunoslik f-ti ochilgan. Oʻzbekiston jahon tillari un-tida «Koreys tili markazi», Samarqand chet tillar in-tida «Koreys tili va madaniyati markazi» ishlaydi. markazlarni eng yangi adabiyot va video hamda audio kassetalar bilan jihozladi.
Ikki mamlakat oʻrtasida madaniy aloqalar tobora kengayib borayotir. Oʻzbek madaniyat va sanʼat arboblari KR da oʻz mahoratlarini namoyish etish, Oʻzbekistonda koreys madaniyati haftaliklarini oʻtkazish odat tusiga kirib krldi. 1998 va 1999-y. lardagi ana shunday xaftalik doirasida Toshkentda koreys kitoblari va fotosuratlari koʻrgazmasi, koreys sanʼat arboblari va rassomlari koʻrgazmasi uyushtirildi. Sport turlari va koreys anʼanaviy oʻyinlari namoyish etildi. Kinofilmlar koʻrsatildi, nihoyat Alisher Navoiy nomidagi teatrda mashxur koreys ashula va raqs ansambllari katta tomosha koʻrsatishdi.