KOREYa (koreyscha Choson — Tonggi tarovat) — Sharqiy Osiyodagi mamlakat. Asosan, Koreya ya. o. va uning materikka tutashgan qismida hamda 3,5 mingga yaqin orolda joylashgan. Koreyani sharkdan Yapon dengizi, gʻarbdan Sariq dengiz oʻrab olgan, jan. da Koreya boʻgʻozi uni Yaponiyadan ajratib turadi. Dengiz chegaralari 8,7 ming km. Shim. da Xitoy va Rossiya Federatsiyasi bilan chegaradosh. Quruqlik chegaralari 1,3 ming km. Mayd. 219 ming 20 km2, aholisi 69,87 mln. kishi (2001).
Yarim orolning shim. qismida va qisman materikda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi, yarim orolning jan. qismida Koreya Respublikasi joylashgan.
Aholisi. Koreya — bir millatli mamlakat; aholisining 99% dan ortigʻi koreyslar. Dindorlari buddaviylik, konfutsiylikka va, qisman, xristian diniga eʼtiqod qiladi. Rasmiy tili — koreys tili.
Tabiati. Sharqiy qirgʻogʻi togʻlik. Kemachilik uchun eng qulay buxtalari shim. qismida. Tabiiy gavanlari jan. qirgʻoqda. Gʻarbiy sohili, asosan, tekislik, ammo koʻp boʻlakka boʻlingan. Koreyaning aksari qismi togʻlik. Shim. da Shim. Koreya togʻlari (bal. 2744 m gacha) va katta yassi togʻlar, Koreya ya. o. ning sharqida Sharqiy Koreya togʻlari, jan. da shu togʻlarning jan.-gʻarbiy tarmoqlari, 36° sh. k. dan jan. da esa Jan. Koreya togʻlari bor. K. hududining 1/4 qismini pasttekislik va tekisliklar tashqil etadi. Koreya, asosan, tokembriy granitlari, gneyslar va metamorfik slanes qatlamlaridan iborat. Koreyada 100 ga yaqin temir ruda koni, polimetall konlari, volfram, xrom, kobalt, nikel, oltin va kumush rudasi konlari, bundan tashqari, grafit, magnezit, toshkoʻmir kabi noruda qazilma konlari ham bor.
Ikdimi — dengiz iqlimi, shim. da oʻzgaruvchan, koʻp qismida moʻtadil, jan. da subtropik. Eng issiq oy (avg.) ning oʻrtacha t-rasi 22—26°, yanv. niki — 21° dan +4° gacha, togʻlarda — 40° gacha. Oʻrtacha yillik yogin 700—1500 mm. Daryo koʻp, ammo kichik, qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Asosiy daryolari: Amnokkan, Tumangan, Naktongan, Tedongan va Xangan. Yirik daryolarining quyi oqimidagina kema qatnaydi. Qoʻngʻir oʻrmon tuprogʻi, kizil, sariq, unumdor allyuvial tuproqlar uchraydi. Yer yuzasining 70%dan koʻprogʻi oʻrmon va butazorlar bilan qoplangan. Togʻ etaqlarida shumtol, kashtan, yuqorirogʻida qoraqaragʻay, qaragʻay, kedr va b. oʻsadi. 300 m gacha baland joylarda doim yashil oʻsimliklar bor. Hayvonlardan yoʻlbars, qoplon, qora va qoʻngʻir ayiqlar, bugʻu, parrandalardan esa tustovuq, oʻrdak va b. yashaydi. Baliqning 75 turi mavjud.
Tarixi. Koreya ya. o. da odamlar soʻnggi paleolit davridan yashaydi. Mil. av. 5 — 4-a. larda tashqil topgan Choson birinchi koreys davlatidir. Mil. av. 109-y. da Xan davlati (Xitoy) Chosonni bosib oldi. Xitoy bosqinchilariga qarshi kurash davomida (milodning boshlarida) Koguryo, Pekche, Silla va b. davlatlar paydo boʻldi. Mil. 313-y. da Koguryo xitoylarni batamom surib chiqardi va har jihatdan rivojlangan qudratli dashtatga aylandi.
Bu davrda dehqonchilik, metall quyish va ishlash, toʻqimachilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va h. k. rivojlandi. 9-a. da tarqoqlik davri boshlandi. 935-y. da Koryo (K. nomi shundan) davlatining asoschisi Van Gon mamlakatni birlashtirdi. 10-a. oxirlariga kelib markazlashgan davlat paydo boʻldi. 1231-y. moʻgʻul qoʻshinlari Koreyaga bostirib kirdi va Yuan imperiyasini tuzdi. 14a. oʻrtalarida Koryo unga boʻysunishdan bosh tortdi. 1359—62 y. larda xitoy istilochilari bosqinini qaytardi. 1392-y. lashkarboshi Li Son Ge Koryoga van qilib tayinlandi, Li sulolasi (1392—1910) ga asos solindi. Koryo davlati Choson nomini oldi, poytaxti esa Kegyondan Xanson (19-a. oxiridan Seul)ga koʻchirildi. 15-a. oʻrtalarida iqgisodiy va madaniy jihatdan yuksaldi.
Yapon va manjur bosqinchilari hujumi davrida (16-a. oxiri — 17a. ning 1-yarmi) davlatning ahvoli ogʻirlashdi. 1592—98 y. larda Choson xalqi oʻz ozodligi uchun kurashdi va yapon bosqinchilarini mamlakatdan quvib chiqardi. Manjurlarning 1627 va 1636-y. lardagi bosqinchilik urushlari natijasida mamlakat ancha vayron boʻldi. 18a. oxiridan mehnatkashlarning hukmdor tabaqaga qarshi yirik qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi. 19-a. ning 60-y. larida xalq ommasining erksevarlik qarashlarini ifoda etgan Tonxak diniy mazhabi vujudga keldi. 60—70-y. larda Yaponiya K. ni asoratli Kanxva shartnomasini tuzishga majbur qildi. Soʻngra AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Fransiya va b. davlatlar ham Koreya bilan shunday bitimlar toʻziщdi. 1904—05 y. lardagi rus-yapon urushi davrida Yaponiya Koreyani bosib olib, mamlakat ustidan nazorat oʻrnatdi. Koreya aholisi yapon bosqinchilariga qarshi qattiq kurash olib bordi. Yapon hukmronligi joriy etilgan davr (1910—45)da K. Yaponiyaning xom ashyo makoni va bozoriga aylantirildi, nihoyat, K. Yaponiya imperiyasi tarkibiga qoʻshib olindi.
1917-y. da ish tashlash, talabalarning norozilik harakatlari boʻlib oʻtdi. 1919-y. mart — apr. dagi umummillat qoʻzgʻolonida ishchilar, dehqonlar va mahalliy savdo-sanoat doiralari (jami 2 mln . dan ortiq kishi) faol qatnashdi. Bu voqealardan choʻchigan yapon maʼmurlari oʻsha yil avg. da «oʻz-oʻzini boshqarish tizimi»ni joriy etish va b. dan iborat islohot dasturini eʼlon qildi. Sanoatning oʻsishi ishchilar safining kengayishiga sabab boʻldi. 20-y. lardan kasaba uyushmalari va b. ommaviy jamoat tashqilotlari vujudga kela boshladi. 1925—28 y. larda ishchilar 349-marta ish tashladi va koʻpi ularning gʻalabasi bilan tugadi.
1929—33 y. lardagi jahon iqtisodiy boʻhroni davrida dehqonlar, mayda va oʻrta tadbirkorlarning ahvoli ogʻirlashdi. 1930—32 y. larda 517-marta ishchilarning ish tashlashi, 237-marta dehqonlar qoʻzgʻoloni, oʻquvchi yoshlarning namoyishlari boʻlib utdi. 2-jahon urushida Koreya xalqi yapon mustamlakachilariga qarshi kurashdi. Bu urushda Yaponiyaning magʻlubiyati natijasida uning Koreya dagi hukmronligi barham topdi.
1945-y. avg. da Koreyaning 38-paralleldan shim. qismi Sovet Armiyasi tomonidan ozod qilindi. Shu yil sent. oyining boshlarida AQSH qoʻshinlari Koreyaning jan. ni ishgʻol qildi. Ittifoqchilarning qarorida 38-parallel Sovet va Amerika qoʻshinlari oʻrtasidagi chegara chizigʻi boʻlib qolishi belgilangan edi. 1945-y. dek. dasobiq SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlarining Moskva kengashi Koreyani vasiylikka olish haqida qaror qabul qildi (gomindanchilar hukmronligidagi Xitoy ham keyinchalik shu qarorga qoʻshildi). Kengash Koreyani yagona demokratik mustaqil davlat sifatida qayta tiklashni nazarda toʻtib, Koreyaning muvaqqat markaziy hukumatini tuzish fikrini bildirdi. Aniq taqliflarni tayyorlash Sovet va Amerika qoʻmondonligi vakillaridan iborat qoʻshma komissiyaga topshirildi. Komissiya 1946—47 y. lar mobaynida ishladi, ammo keskin ixtiloflar sababli oʻz zimmasidagi vazifani bajara olmadi.
1948-y. 15 avg. da Seulda K. Respublikasi (KR), 9 sent. da Pxenyanda K. Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) tuzilganligi rasmiy ravishda eʼlon qilindi. 1948-y. sent. da Sovet Ittifoqi KXDR Oliy xalq majlisining murojaatini qondirib, oʻz qoʻshinlarini uning hududidan olib chiqib ketdi. AQSH Jan. Koreya dagi qoʻshinlarini 1949-y. oʻrtalarida olib ketdi.
Mamlakatni birlashtirish borasida KXDR bilan KR oʻrtasidagi keskin oʻzaro qarama-qarshilik oqibatida ikkala tomonning aybi bilan koʻp martalab qurolli toʻqnashuvlar boʻldi. Bu mojarolar 1949-y. ning 2-yarmidan boshlab, ayniqsa, shiddatli tus oldi, natijada, 1950-y. da toʻla miqyosli urush harakatlari boshlanib ketdi. Oʻsha yili 25-iyunda BMT Xavfsizlik Kengashida SSSR vakili qatnashmagan paytda KXDRni KRga qarshi tajovoʻz qilishda ayblovchi qaror qabul qilindi va 2 kundan keyin BMT ga aʼzo davlatlarni KRga shoshilinch yordam berishga chaqiruvchi yana bir qaror qabul etildi.
Xalqaro kuchlar tomonidan KXDRga taxlikali xavf tugʻilgach, Xitoy xalq koʻngillilari (salkam 1 mln. kishi) Shim. Koreyaga yordamga keldi. Shiddatli janglardan keyin 1951-y. oʻrtalarida ikkala tomon urushda gʻalaba qozonish imkoni yoʻkligini anglab, mudofaaga oʻtdi va muzoqara boshlashga majbur boʻldi. 1953-y. 27-iyulda Koreyada yarash toʻgʻrisida bitim imzolandi. KXDR bilan KR oʻrtasida 4 km kenglikda qurolsiz mintaqa oʻrnatildi.
Uch yillik urush mamlakatni abgor qildi, uning iqtisodiyotiga katta putur yetkazdi. Millionlab kishilarning oilalari boʻlinib ketdi. Bu birodarkushlik urushi Shim. bilan Jan. ning ajralishini yanada kuchaytirdi.
1970-y. larning boshlaridan KXDR b-n KR oʻzaro munosabatlarni tartibga solish yoʻllarini izlash va mamlakatni qayta birlashtirishga erishish maqsadida muloqot qilib keldi. 1991-y. sent. da ikkala koreys davlati BMTga qabul etildi. Oʻsha yil dek. da KXDR bilan hamkorlik va mol ayirboshlash haqida bitim, 1992-y. fev. da Koreya ya. o. ning parchalanmasligi toʻgʻrisida Qoʻshma deklaratsiya imzolandi. Nihoyat, 2000-y. iyunida va Shim. bilan Jan. oʻrtasida iliq munosabatlar va hamkorlik boshlashga qaror qilindi.
Fani va ilmiy muassasalari. Koreya — qadimdan ilm-fan yuksak darajada rivojlangan mamlakat. 6—7-a. lardayoq astronomiya va meteorologiya kuzatuvlari olib borilgan, murakkab inshootlar qurilgan. 632—647-y. larda Sha-rqiy Osiyoda eng qad. rasadxona minorasi — Chxomsonde barpo etilgan. 718-y. da Koreyada soat kashf qilingan. 682 i. Sillada «Kukxak» davlat oliy bilim yurti ochilgan va 717-y. dan tibbiyot, mat., 794-y. dan astronomiya oʻqitila boshlagan. 11—13-a. larda chinni idishlar va asboblar i. ch. rivojlangan. Shu davrda koreyslar xitoy ksilografiyasini oʻrganib, shu usulda 6 ming jilddan iborat budda qonunini nashrdan chiqardi. 1234—41 y. larda bosmaxonalarda metall harflar ishlatila boshladi.
15-a. oʻrtalaridan amaliy fanlar rivojlandi. Koreya olimlari «Dehqonchilik ilmi» nomli asarda oʻsha davr agronomiya bilimlari haqida maʼlumot berganlar. Yan Son Ji va b.-Koryoning tarixiy geogr. xaritasini tuzishdi (1451). 1445-y. tibbiyot ensiklopediyasi nashr etildi. 15—17-a. larda tabiiy-ilmiy asarlar, jumladan, turli soha ensiklopediyalari paydo boʻldi. 15—16-a. larda harbiy texnika sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Li Sun Sin qarbiy kemalar, artilleriya qurollari tuzilishini takomillashtirdi. 19-a. da mat., astronomiya va terapiyaga oid ilmiy asarlar yaratildi. Koreyada falsafa, tarix, tilshunoslik fanlari ham qad. anʼanalarga ega. Koreyani Yaponiya bosib olganidan keyin ilm-fan rivoji toʻxtab qoldi.
Adabiyoti milodning avvalida qad. Koreya folkloridan rivojlana boshlagan. 19-a. oxirigacha badiiy asarlar koreys tilida va xanmun — xitoy adabiy tilining koreyslashtirilgan shaklida yaratilgan. Xitoy iyeroglifi, keyinroq koreys alifbosida yozilgan «Ona-vatan qoʻshiqlari» (7—11-a. lar) Koreya adabiyotining qad. namunasidir, 11 — 14-a. larda uning davomi — «Kore qoʻshiqlari» yaratildi. Sheʼriyatning vujudga kelishida Chxve Chxi Von (857) muhim rol oʻynadi. Li In No uni yanada rivojlantirdi. Badiiy nasr asta-sekin tarixiy adabiyotdan ajralib chikdi. Novella janriga kim Si Sip (1435 — 93) asos soldi. 1487-y. So Go Jon (1420—88) 130 kitobdan iborat «Sharq antologiyasi»ni tuzdi. Lim Je (1549 — 87) satirik qissalar yozdi. 16—17-a. larda tabiat goʻzalliklarini madh etuvchi va falsafiy sheʼriyat ravnak, topdi. 17—19-a. larda koreys tilida koʻplab qissalar yozildi, dastlabki romanlar paydo boʻla boshladi, yangi nasr shakllandi. Dastlabki erkin sheʼrlarni Chxve Nam Son va Kim Ok yozdi. Yaponiya xukmronligi davrida adabiyotning taraqqiyoti vaqtincha toʻxtab qoldi; koʻpgina yozuvchilar qatagonga uchradi. 1919-y. qoʻzgʻoloni bostirilgandan keyin har xil dekadentlik yoʻnalishlari koʻpaydi. Realistik romanlar paydo boʻldi (1934). Yapon reaksiyasi kuchaygan davrda tarixiy roman janri ommalashdi (30-y. larning 2-yarmi). Yaponiyaga qarshi xalq lashkarlari uchun jangovar inqilobiy sheʼrlar, qoʻshikdar va kichik pyesalar yaratildi (1930-40).
Meʼmorligi. Neolit davridan yarim yertoʻla qoldiklari, milod boshlaridan sagʻanalar, daxmalar, 7-a. dan Kyonju yaqinidagi Chxomsonde rasadxonasi qolgan. 8-a. dan shaharlar, shu jumladan, poytaxt — Kyonju jadal qurila boshladi, ibodatxona majmualari, pagodalar (gʻor shaklidagi Sokkoʻram ibodatxonasi, Pulguks majmuasi) barpo etildi. Kore davlati davrida murakkab shaklli, naqshin pagoda va monastirlar qad koʻtardi, dunyoviy inshootlar (hukmdorlarning saroylari) bunyod etildi. Li sulolasi zamonlarida qurilgan muhtasham majmualar yogʻoch hamda tosh oʻymakorligi va naqqoshligi usulida bezatildi. Diniy inshootlar hashamat b-n ziynatlandi. Xalq esa tosh, loy va yogʻochdan yasalgan pastqam uylarda yashardi. Imoratlarni jan. ga, yaʼni oftobga qaratib qurish urf boʻldi. Yaponiya mustamlaka hukmronligi davri (1910—45) da Yevropa va Yaponiya meʼmorligi ruhida imoratlar qurildi.
Tasviriy sanʼati. Koreyslar qad. zamonlardan rangtasvir bilan shugʻullana boshlaganlar. Neolit davriga mansub sopol idishlar qoldiqlari topilgan. Metall qurollar va gulli sopol idishlar mil. av. 1-a. ga taalluqli. Milodning boshlarida Koreyaning badiiy madaniyati ancha rivojlanib, Yaponiya sanʼatiga taʼsir oʻtkazdi va oʻz navbatida Xitoy sanʼati taʼsiridan bahramand boʻldi. 3—7-a. larda daxmalar koʻpincha yer osti inshooti tarzida qurilar, devor va shiftlarda afsonalar mazmunidagi bazmi jamshid, tantanali marosim sahnalari tasvirlanardi. Amaliy bezak sanʼatida chavandozlar, uychalar, hukmdorlarning oltin tojlari yasaldi. Haykaltaroshlik rivoj topdi. Tosh va metallarni yoʻnib ishlash, shoyi toʻqish, tush va boʻyoq bilan rangbarang rasmlar solish avj oldi. Sopol va chinni buyumlar koʻplab ishlandi. Li sulolasi davrida saroy an-sambllari vujudga keldi.
Oʻziga xos rassomlik akademiyasi — Toxvaso (14-a.) tasviriy sanʼatning rivojlanishida katta rol oʻynagan. 15— 17-a. larda yirik rassomlar, 18-a. da manzarachilar va portretchilar paydo boʻldi. 19-a. oxiriga kelib, moyli boʻyoq ishlatila boshladi. Chinni va sopol buyumlar ishlash takomillashdi. Sanʼatning barcha sohalarida 20-a. dan Gʻarb uslublari va anʼanalari taʼsiri kuchaydi.
Musiqasining lad tuzilishi pentatonikata asoslangan. Musiqa ijtimoiy hayot va diniy marosimlarda muhim rol oʻynagan. 3—9-a. larda saroyda xor va cholgʻu ansambllari konsertlar bergan, musiqiy tomoshalar koʻrsatilgan. 6-a. dan komoʻngo, tegim, pxiri, kayagim singari torli cholgʻu asboblar keng tarqalgan. Qad. 60 turdagi cholgu asbobidan 45 turi hoz. gacha yangrab kelayotir. Son Xyon va b. koreys musiqa ensiklopediyasi — «Musiqashunoslik asoslari»ni tuzdilar (1493). Imperator saroy i huzurida xonanda va sozandalar, raqqos va raqqosalardan iborat ansambllar boʻlgan. 16-a. ning 2-yarmidan boshlab, urushlar va bosqinchiliklar taʼsirida Koreya musiqasi tushkunlikka uchradi, faqat xalq qoʻshiqlari janri rivojlandi. 19-a. ning 2-yarmida musiqali drama janri — chxangik rivojlanib, keyinchalik milliy opera paydo boʻldi. 20-a. boshlarida Koreyaga Yevropa musiqasi kirib kela boshladi.
Teatr tomoshalarining unsurlari qad. marosim qoʻshiqlari va oʻyinlarida saqlanib kelgan. Mil. av. 3-a. da mavjud boʻlgan ibtidoiy teatrlarda tabiat hodisalari va mehnat jarayonini tasvirlovchi tomoshalar koʻrsatilgan. 14—15a. larda xalq niqob teatri va qoʻgʻirchoq teatri vujudga keldi. Professional aktyor-kvandelar xalq teatrini rivojlantirishga koʻmaqlashadilar. 19-a. da professional teatr tashkil topdi. Yaponiyada oʻqib kelgan Koreya talabalari 1921-y. «Drama sanʼati uyushmasi» truppasini tuzdilar. 1930-y. Pxenyanda «Machxi», Teguda «Koʻcha teatri», Kesonda «Ommaviy teatr» (1931), Masanda Drama sanʼati jamiyati (1932), Pxenyanda «Kelajak teatri» (1932) va b. vujudga keldi.
Kinosi. Koreyada havaskorlar tomonidan 1921-y. Yun Ben Nam rahbarligida «Oy nuri ostidagi qasam» nomli birinchi film suratga olingan. 20-y. larning 2-yarmida xalqning ogʻir ahvolini aks ettiruvchi kinofilmlar («Sayoq», «Nim qorongʻi koʻcha» va b.) koʻrsatilgan. Milliy ilgʻor kinosanʼatining rivojlanishida rej., ssenariychi va aktyor Na Un Gyuning hissasi katta. U «Ariran» (1926), «Muhabbat izlab» (1928), «Egasiz parom» (1932) va b. filmlarda mustamlakachilar zulmiga, ijtimoiy tengsizlikka qarshi kurashni aks ettirgan. 40-y. larda Koreya kinematografiyasi Yaponiya nazorati ostida boʻldi, asosan, nemis, italyan va yapon filmlari namoyish qilindi.