KORDOVA — Argentinaning markaziy qismidagi shahar. Kordova provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,2 mln. kishidan ziyod (2001). Mamlakatning muhim sanoat va madaniy markazi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mashinasozlik, jumladan, transport mashinasozligi va metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat, koʻn-poyabzal sanoati korxonalari mavjud. Un-t (1613), muzeylar, jumladan, botaniqa muzeyi, konservatoriya bor. Shaharga 1573-y. da asos solingan. 17—18-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые