KOPETDOGʻ

KOPETDOGʻEron togʻligining shim. dagi togʻlar, asosan, Eron, qisman Turkmaniston hududida, Turkmaniston—Xuroson togʻlarining bir qismi. Oʻz. 650 km, eni 200 km gacha. Eng baland joyi 3117 m (Xazormasjid togʻi). Koʻp qismi asimmetrik gryada va platolardan iborat. Iqlimi Oʻrta dengiz tipidagi subtropik, quruq iqlim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi balandlik ortgan sari Gdan —4° gacha, iyulniki 29° dan 18° gacha pasayadi. Yillikyogʻin 150—500 mm. Daryolari: Atrek, Xilum, Balxob, Obiqaysar. Kopetdogʻ alp burmalanishida yuzaga kelgan. Choʻkindi, asosan, boʻr, paleogen, neogen va yura davrlarining ohaktosh, margel, qumtosh, konglomerat va gillaridan tuzilgan. Simob, mishyak, barit, viterit kabi foydali qazilmalar, qurilish toshlari olinadi. Mineral va termal buloqlar bor. Tez-tez zilzila boʻlib turadi (Ashxobod zilzilasi). Antiklinal tizmalar va antiklinal vodiylar b-n birgalikda sinklinal tizmalar uchraydi. Karst keng tarqalgan (Baxardan gʻori). Vodiylarda yongʻoq, anjir, bodom, mushmula, nok, qoraqand, doʻlana, yovvoyi tok, togʻ etaqlarida togʻ choʻli va chala chul oʻsimliklari oʻsadi, balandrokda togʻ oʻtloqlari uchraydi. Qumsichqon, olaxurjun, oʻq ilon, koʻlbor ilon, jayra, togʻ qoʻyi, toʻngʻiz, qoplon, sirtlon, oʻrmon olmaxoni va b. yashaydi. Kopetdogʻ qoʻriqxonasi tashqil etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x