Ko‘p yeb qo‘ymaslik uchun nima qilish kerak?

Ko‘p yeb qo‘ymaslik uchun nima qilish kerak?

1. Stolda, o‘tirib ovqatlaning, yurib emas!
Dasturxon ustida ovqat iste’mol qilsangiz, ovqatlanish odatingizni buzmaysiz, ko‘p ovqat yemaysiz, faqat ovqatlanishga e’tibor qaratasiz.

2. Ovqatlanayotganda gadjetlarga chalg‘imang!
Diqqatimizni faqat taomlanishga qaratganimizda to‘yish hissini televizor ko‘rgandagi yoki telefon o‘ynagandagidan ko‘ra tezroq va ongli ravishda sezamiz.

3. Taomlanish vaqti kamida 20 daqiqa bo‘lishi kerak!
Insonda to‘qlik hissi darhol paydo bo‘lmaydi. Bu ovqatlanishdan keyin taxminan 15–20 daqiqa davom etadi.

4. Ko‘proq sabzavot iste’mol qiling!
Hammasi sabzavot tarkibidagi tola (uzoq hazm qilinadigan ovqat tolasi) bilan bog‘liq bo‘lib, bu bizni to‘yinganimizga sezilarli ta’sir qiladi.

5. Ko‘proq suv iching!
Agar siz ochlikni his qilsangiz, shunchaki suv iching, chunki chanqoqlik bizning tanamiz tomonidan ovqat yeyish istagi sifatida qabul qilinishi mumkin. Bir stakan toza ichimlik suvidan keyin ochlik hissi kamayadi.

@taomlanish_ilmi

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x