KONXA (yun. konche — chagʻanoq) — bino tepasi (gumbaz osti, bagali, poygumbazi)ni yopish uchun xizmat qiladigan qubba (apsida, ravoq). Sharq ellin meʼmorligida vujudga kelgan. Rim va Vizantiya meʼmorligida, oʻrta asr xristian ibodatxonalari kurilishida keng qoʻllanilgan. Konxa, koʻpincha, koshin va naqshlar bilan bezatilib, unga xristian avliyolari tasviri ishlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые