KONVERGENSIYA

KONVERGENSIYA (lot. convergo – yaqinlashaman, oʻxshayman) (biologi ya da) — turli ajdodlardan kelib chiqqan organizmlarda bir xil tashqi muhit taʼsirida oʻxshash belgilarning paydo boʻlishi. Konvergensiya natijasida vujudga keladigan belgilarning oʻxshashligi analogiya deyiladi. «Konvergensiya» terminini Ch. Darvin fanga kiritgan. Konvergensiya har qanday organlar tuzilishiga tegishli boʻlishi mumkin. Tez soʻzuvchi togʻayli va suyakli baliqlarga dengiz sut emizuvchi hayvonlari — delfinlar tanasining oʻxshashligi; qushlar qanoti b-n sut emizuvchilar — koʻrshapalaqlar qanotining oʻxshashligi; barcha sakrovchi sut emizuvchilar gavda shaklining oʻzaro oʻxshashligi bunga misol boʻladi. Geografik jihatdan bir-biridan uzoqda joylashgan hududlarning oʻxshash yashash joylarida qator konvergent turlarni oʻz ichiga oluvchi butun biotsenozlar konvergent tarzda rivojlanishi mumkin. Mas, Avstraliyada xaltali sut emizuvchilarnknt evolyutsiyasi dunyoning boshqa materiklarida yashovchi yoʻldoshli sut emizuvchilarga konvergent boʻlgan koʻpgina turlarning shakllanishiga olib kelgan (boʻri — xaltali boʻri, ayiq — xaltali ayiq, sichqon — xaltali sichqon va b.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x