KONTRFOS

KONTRFOS (frans. contre — forse — qarama-qarshi kuch) — bino va b. inshootlarda devorni mustahkamlab, uning qiyshayib (ogʻib) ketishiga yoʻl qoʻymaydigan tirgak. Koʻndalang devor, vertikal tayanch. Asosan, bino tashqarisida boʻladi. Binolarda Kontrfos devorning gorizontal bosimini, suv toʻgʻonlarida suv bosimini oʻziga qabul qilib, inshootning mustahkamligini taʼminlaydi. Gotika meʼmorligida Kontrfos devorga gumbaz yoki ravoqdan toʻshadigan bosimni oʻziga qabul qiluvchi qoʻshimcha tayanch, tashqi tirgovuch sifatida qoʻllanilgan.

Hozir qad. meʼmoriy yodgorliklar mustahkamligini taʼminlashda foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x