KONTRABAS

KONTRABAS (ital. contrabasso) — skripkalar oilasiga mansub sozlarning eng kattasi (boʻyi 2 m gacha), eng past ovozli torli-kamonli musiqa cholgʻusi. 17 – a. oʻrtasida italyan musiqa ustasi M. Todini ixtiro qilgan. Kvarta oraligʻida sozlanadigan 4 tori bor (Ye, — A,—D—G). K. koʻproq orkestr va ansamblda, baʼzan yakkanavoz soz sifatida qoʻllaniladi. Mashhur virtuozlar — J. Bottezini (Italiya), E. Nanni (Fransiya), S. Kuseviskiy, R. Azarxin (Rossiya) va b. Boshqa musiqa asboblarining eng yoʻton ovozli turlari ham Kontrabas deb ataladi (mas, tuba-K., trombon-K., balalayka-K.). Oʻzbek xalq cholgʻulari orkestrы uchun qayta ishlangan sozlar orasida dutor-K., gʻijjak-K. lar mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x