KONTAKT MINERALLARI — ikki xil togʻ jinsining tutashgan (kontakt) zonasida hosil boʻlgan minerallar. Ular yer yuzasidan maʼlum chuqurlikda katta bosim va haroratda sovib qotayotgan magma bilan atrofidagi choʻkindi togʻ jinslarining oʻzaro reaksiyaga kirishishidan (mas, biotit, amfibollar, andaluzit, kordiyerit, kvars, kalsit, marmar va b.) va magma qotgandan soʻng ajralib chiqadigan yuqori t-rali bugʻ va gaz aralash suyuqliklardan ohaktosh bilan granitoidlar tutashgan joyda (mas, vollastonit, piroksen, granat, epidot, vezuvian, skapolit, amfibollar, flogopit, serpentin va b.) hosil boʻladi. Kontakt minerallari Oʻzbekistonning Nurota (Qoʻytosh, L angar, Oqchob, Qoʻshrabot), Zirabuloq (Ingichka, Changalli, Qargʻali, Tim va b.), Qoratepa (Ogʻaliq, Sazagʻon, Jom, Hasantepa, Qoratepa va b.), Chatqol (Kumushkon, Surenota, Chimyon, Ustarasoy, Ixnach, Miskon va b.), Koʻrama (Qoʻrgʻoshinkon, Noqpoy, Qatrangʻi), Boʻkantov (Saritov, Soutboy), Hisor (Yaxton) togʻlarida koʻp.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые