KONTAKT (lot. contactus — birbiriga tegib turish) — 1) oʻzaro taʼsir, aloqa; ishdagi hamjihatlik, bir-birini tushunish;
2) tutashish, tegishish sirti, joyi, zonasi;
3) elektrotexnikada — elektr zanjiri qismlarining birbiriga tegishi, klemmalarning tutashishi; ikki simning tutashishi natijasida bir simdan ikkinchisiga tok oʻtadi;
4) transportda — tramvay yoki trolleybusda yuqori voltli simdan tok oʻtkazuvchi tarmoq (K. tarmogʻi);
5) metropolitenda — elektr vagonning tok qabul qiluvchi qurilmasiga sirpanma tutashuv tarzida tok uzatish uchun asosiy t. y. relsi yonidan oʻtkaziladigan qattiq sim (K. simi); 6) Q. payvand (q. Payvandlash);
7) g ye o l o gik Kontakt — Yer poʻstida yonma-yon joylashgan (chegaradosh) boʻlaklardagi turli togʻ jinslarining tutashish yuzasi.
Normal, intruziv (magmatik), tektonik Kontakt farq qilinadi. Normal yoki stratigrafik Kontaktda choʻkindi yoki effuziv togʻ jinsi qad. togʻ jinsini yorib chiqib unda turli Kontakt oʻzgarishlarini hosil qiladi; intruziv Kontaktda yosh intruziv togʻ jinsi qadimgisini yorib oʻtadi; tektonik Kontaktda tarkibi, hosil boʻlishi va yoshi turlicha boʻlgan togʻ jinslari tektonik yoriq orqali bir-biri bilan tutashadi. Kontaktni oʻrganish togʻ jinslarini bir-biridan ajratish va ular yoshini nisbatan aniqlashga yordam beradi.