KONSULLIK, konsul lik vako-latxonasi — ikki davlat orasida aloqalar oʻrnatilishi natijasi oʻlaroq tashqil etiladigan vakolatxona. K. ning maqomi ikki tomonlama bitim yoki xalqaro huquqning amaldagi normalariga koʻra belgilanadi. Konsullikning maqomi, odatda, diplomatik vakillikka tenglashtiriladi. Konsullikning joylashgan oʻrni, baʼzi hollarda esa, uning xodimlari soni, Konsullik oʻz faoliyatini amalga oshiradigan okrug ham qabul qiluvchi davlat vakillari bilan kelishiladi. Konsullik okrugi — qabul qiluvchi davlatdagi, hukumatlar oʻrtasidagi bitimga muvofiq konsul oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajaradigan xudud. Bir qator holatlarda Konsullik okrugi eng imtiyozlashtirilgan holat sharoitlari qoʻllanilishi tufayli aniqlanishi mumkin. Alohida Konsullik mavjud boʻlmagan hollarda elchixonada qabul qiluvchi davlat poytaxti yoki boshqa yerlarda Konsullik vazifalarini bajarish uchun Konsullik boʻlimi tashqil etiladi. Elchixonaning K. boʻlimida ishlash uchun elchixonaning diplomatik va maʼmuriy-texnik xodimlari ajratiladi, ular elchixonaga tegishli boʻlganligi uchun oʻz makrmini saqlab qoladilar.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые