KONSTITUTSIYAVIY QONUN

KONSTITUTSIYAVIY QONUN — bir qancha mamlakatlarda konstitutsiyaviy huquqning asosiy manbalaridan biri. Baʼzi mamlakatlar (aholisi fransuz tilida soʻzlashuvchi mamlakatlar, shuningdek, Ruminiya va b.)da — bu konstitutsiyaga oʻzgartirish kirituvchi qonun, boshqa mamlakatlar (mas, Rossiya Federatsiyasi, Oʻzbekiston va Qozogʻiston) da Konstitutsiyaviy qonun konstitutsiyada koʻzda tutilgan masalalar boʻyicha qabul qilinadigan qonundir. Konstitutsiyaviy qonunlar sirasiga, avvalo, konstitutsiya kiradi va oʻz yuridik maqomiga koʻra, ular orasida eng yuqori oʻrinni egallaydi. OʻzRda «Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida» qonun (1991-y. 29 dek. da umumxalq referendumi bilan tasdiqlangan), «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi toʻgʻrisida» qonun (1993-y. 28 dek.), «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashqil etilishining asosiy prinsiplari toʻgrisida» qonun (2002-y. 4 apr.) K. q. hisoblanadi. Konstitutsiyaviy qonunlar 2 guruhga boʻlinadi:

1) konstitutsiyaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadigan Konstitutsiyaviy qonun lar;

2) Konstitutsiyaning muayyan meʼyorlari mazmunini kengroq ochib beradigan va aniqlashtiradigan, xususan, muhim davlat muassasalari hamda organlari, mas, muayyan davlat parlamenti, hukumati, inson huquklari boʻyicha parlament vakili (ombudsman), referendum, sudlar va sud tizimi va b. davlat organlari toʻgʻrisidagi Konstitutsiyaviy qonun lar. Konstitutsiyaviy qonun larning oliy yuridik maqomga ega boʻlishini belgilovchi omillar: I) ular tartibga solib turadigan munosabatlar yoki davlat organlari faoliyati jamiyat va davlat hayotida muhim oʻrin egallashi kerak;

2) ularni qabul qilishning alohida, qatʼiy belgilab qoʻyilgan tartibi ishlab chiqilgan boʻlishi zarur; mas, oddiy qonunlarni qabul qilish uchun parlament aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi kifoya qilsa, Konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilish, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish uchun deputatlarning kamida 2/3 qismi yoqlab ovoz berishi talab etiladi. Baʼzi davlatlarda (mas, Rossiyada) Konstitutsiyaviy qonunlarni qabul etish uchun parlament yuqori palatasida deputatlarning kamida 3/4 qismi yoklab ovoz berishi hamda Prezidentning veto huquqi tatbiq qilinmasligi kerak.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x