KONSESSIYA

KONSESSIYA (lot. concessio — ruxsat, yon berish) — 1) xoʻjalik yuritish va chet el kapitalini jalb qilish shakli; milliy iqtisodiyotni rivojlantirish yoki tiklash, tabiiy boyliklarni oʻzlashtirish maqsadida davlat yoki mahalliy hokimiyat idoralariga qarashli yer uchastkalari, qazilma boyliklar, korxonalar va b. xoʻjalik obyektlarini muayyan muddatga va shartlar b-n foydalanish uchun chet el kapitali (davlat, firma, xususiy shaxs) ga berish haqidagi shartnoma yoki kelishuv. Xalqaro huquq boʻyicha davlat shartnoma muddati tugaganidan keyin Konsessiya amal qilishini toʻxtatishi mumkin. Hoz. sharoitlarda konsessioner ishlab chiqargan mahsulotini, ayniqsa, keng isteʼmol mollari yoki mashinasozlik, yoqilgʻienergetika mahsulotlarini Konsessiya joylashgan mamlakat bozoriga chiqarishi koʻp uchraydi.

Iqtisodiy qudratli davlatlar oʻzlarini xom ashyo resurslari bilan taʼminlash hamda siyosiy-iqtisodiy tazyiq maqsadlarida xalqaro va xorijiy Konsessiya lardan keng foydalanadi. 20-a. ning 90-y. larida Rossiya, Qozogʻiston, Ozarbayjonda neft konlarini rezvedka qilish va ishga tushirish boʻyicha AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya kompaniyalariga Konsessiya berilishi bunga misol boʻla oladi. Rivojlangan mamlakatlarda Konsessiyalar bilan bir qatorda chet el kapitali ishtirokidagi qoʻshma korxonalar paydo boʻlmoqsa;

2) yangidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar sotuvini tashqil qilgani uchun banklar oladigan haq.

Zarifa Gʻofurova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x