KONSERVA (lot. conservare — saqlamoq) — hayvon yoki oʻsimlik mahsulotlaridan maxsus ishlov berilib, uzoq muddat saqlash uchun tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari. Jahonda Konservaning 1000 dan ortiq xili ishlab chiqariladi. Konserva goʻsht, goʻsht-oʻsimlik, sut, baliq, sabzavot, meva va b. dan tayyorlanadi. Konservalash oziq-ovqat mahsulotlar toʻyimliligini saqlashga yordam beradi. Koʻpincha, ortiqcha qismlari (qobigʻi, urugʻi, suyagi, tomiri va h. k.) olib tashlanishi, moy va shakar qoʻshilish hisobiga mahsulotlarning toʻyimliligi oshadi. Konservalangan mahsulotlarning vitamini qisman (5 — 7%) kamayadi. Konserva buzilib qolmasligi uchun salqin va quruq joyda saqlanishi lozim. Konserva tayyorlanadigan apparatlarning koʻpi avtomatlashtirilgan. Aholini yil boʻyi sabzavot va mevalar bilan taʼminlashda, turistik sayohatlarda Konservaning ahamiyati katta (yana q. Konserva sanoati).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые