KONOVALOV Dmitriy Petrovich

KONOVALOV Dmitriy Petrovich (1856.22.3, hoz. Dnepropetrovsk viloyati — 1929.6.1, Leningrad) — rus kimyogari. Akad. (1923-y. dan). Eritmalarning kimyoviy nazariyasi asoschilaridan biri. Petrograd texnologiya in-ti (1915-18), Konchilik in-ti (1918 — 22) prof. Petrograd oʻlchov va ogʻirliklar Bosh palatasi prezidenti va texnologiya in-ti prof. (1922-y. dan). Asosiy i. t. ishlari kimyoviy termodinamika va kinetikaga oid. Konovalov eritmalarning gaz va suyuq fazalaridagi komponentlarining nisbiy tarkibi bugʻ bosimiga hamda ikkita suyuq fazadan iborat sistemalarning qaynash t-rasiga bogʻliklik qonunlarini (Konovalov qonunlari) kashf etgan (1881—84).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x