KONGENIALLIK

KONGENIALLIK (lot. con – birga va genius — ruh) — ruhiy, maʼnaviy jihatdan kishilarning bir-biriga mosligi, oʻxshashligi, mutanosibligi, yaqinligi. Kongeniallik tushunchasi qadimdan psixologiya fanida qullanadi. Insonlar oʻrtasidagi oʻzaro yaqinlik, jismoniy, fiziologik, psixologik jihatdan oʻxshashlik muammolari kishilarni qiziqtirgan. Bu oʻxshashlikni aniqlashning muayyan mezonlari yaratilgan. Bu borada kuch, qomat, istara, chiroy odamlarning qiyosiy oʻlchami sifatida xizmat qiladi. Insonlar oʻrtasidagi ruhiy, fikr yuritish yoʻnalishi, tabiiy va irsiy omillar (isteʼdod, layoqat) ga taalluqli oʻta yaqinlik, mutanosiblik psixologiya fanining tadqiqot predmetiga aylangan. Bunday yondashuvning vujudga kelishiga asosiy sabab — kishilarni psixologik nuqtayi nazardan muayyan tiplarga, toifalarga ajratgan holda ularga maxsus munosabatni amalga oshirishdir. Insonlar orasidagi Kongeniallik ularning xarakterida, qiziqishlari va maslaqlarida, in-tilish va orzuistaqlarida mujassamlashadi. Shuningdek, Kongeniallik odamlarning fikr yuritish surʼati, maromi, mantiqi, bilim doirasi orasidagi oʻta yaqinlik tufayli kelib chiqadi. Kishilar oʻzlarining xattiharakatlari, nerv sistemasi, temperament xususiyatlari bilan ham Kongeniallikni vujudga keltiradi. Buning natijasida tabiiyirsiy belgilari bilan oʻzaro oʻxshash psixologik tabiatli kishilar guruhi paydo boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x