KONFUTSIY

KONFUTSIY, Kun Fuszi, Kun-szu, Kun Syu, Kun Chjunni (mil. av. taxm. 552 — Syuyfu sh., Xitoyning Shandun viloyati — 479) — qad. Xitoy faylasufi, konfutsiychilik asoschisi, siyosiy arbob. Kambagʻallashib qolgan aristokrat va harbiylar oilasida tugʻilgan. 22 yoshida taʼlim berish bilan shugʻullanib, Xitoyning eng mashhur oʻqituvchisi sifatida shuhrat qozongan. Konfutsiy oʻzi ochgan maktabida 4 ta fan: axloq, til, siyosat va adabiyot oʻqitilgan. 50 yoshida Konfutsiy siyosiy faoliyatini boshlab, Lu davlatida yuqori amaldor boʻlib xizmat qiladi. Fitnalar natijasida xizmatidan ketadi, 13 y. mobaynida Xitoyning turli oʻlkalariga boradi, biroq u joylarda oʻz gʻoyalarini qoʻllay olmagach, mil. av. 484-y. Luga qaytib keladi. Taʼlim berishdan tashqari qad. Xitoyning 5 ta mumtoz asari — «Shuszin», «Shiszin», «Iszin», «Yueszin» va «Liszi»ni toʻplash, tahrir qilish, tarqatish bilan shugʻullanadi. Konfutsiy taʼlimoti uning «Lun yuy» («Suhbatlar va mulohazalar») kitobida bayon etilgan. Bu kitob aslida Konfutsiyning fikrlari va suhbatlari asosida shogirdlari va izdoshlari tomonidan yaratilgan. Konfutsiy oʻzi uchun, avlodlari, yaqin shogirdlari uchun alohida ajratilgan kabristonga dafn etilgan; uning uyi Konfutsiy ibodatxonasiga aylantirilgan, bu joy ziyoratgoh boʻlib qolgan (q. Konfutsiy yodgorlik majmui).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x