KONFET

KONFET (lot. confectus — tayyorlangan) — qandolat mahsuloti. Shakar qiyomi asosida turli krrishmada: shokoladli, pomadali, sutli, mevali, yongʻoqli va b. xillari bir yoki bir necha Konfet masalliklaridan tayyorlanadi. Shakl berilgan sirtiga shakar, kakao, yongʻoq, vafli yoki shokolad upasi, hid va taʼm beruvchi moddalar (kakao, vanilin va b.) sepiladi, ichiga esa likyor, sut, asal, yongʻoq, povidlo va b. solinadi. Konfet tayyorlash kuyidagi jarayonlarni: K. massasini tayyorlash, Konfetga shakl berish, sirtiga shakar va b. sepish, pardozlash, oʻrash va idishlarga joylashni oʻz ichiga oladi. Issiq qiyom massasi qoliplarga quyiladi, sovib qotgach, siqiq havo yoki choʻtka bilan qolipdan tushiriladi. Boʻlash konveyerida shakar va b. ga boʻlanib, sovitish kamerasidan oʻtkaziladi va boʻlaklarga ajratiladi. Konfet tayyorlash turli mashina va mexanizmlar yordamida bajariladi. Konfet sirt qavatini tayyorlashda pomada, pomada-krem, meva, jele, jele-meva, paralin, sut, likyor, krem va b. dan foydalaniladi. Qandolat sanoatida koʻproq pomadali konfetlar (40%) ishlab chiqariladi.

Konfet tarkibining asosiy qismini shakar (47,3 dan — 86,8%), qolganlarini esa kraxmal patokasi, asal, meva, rezavor mevalar, kakao, yongʻoqlar (funduk, bodom, yer yongʻoq), hayvon va oʻsimlik yogʻlari, sut va tuxum mahsulotlari tashqil qiladi. 100 g konfetning kaloriyasi 1427—2368 kJ atrofida. Yaxshi va pokiza saqlanishi uchun Konfet qogʻoz yoki zar etiketkaga oʻraladi. Oʻzbekistonda «Oʻzdonmahsulot» davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi, «Oʻzoziqovqatsanoat» davlat-aksiyadorlik konserni, «Oʻzbekbirlashuv» uyushmasi tarkibiga kiradigan korxonalarda ishlab chiqariladi (q. Qandolashchilik sanoati).

Ad.: Istomina M. M., Eyntor M. B., Sokolovskaya T. A., i dr., Konfetы, M., 1979; Lurye I. S, Texnologiya konditerskogo proizvodstva, M., 1992.

Poʻlat Tursunxoʻjayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x