KONDORSE

KONDORSE (Condorset) Mari Jan Antuan Nikola (1743.17.9, Ribmon, SenKanten yaqini — 1794.29.3, Burla-Ren) — fransuz faylasufi, maʼrifatparvar, siyosiy arbob. Parij FA aʼzosi (1769). 1777-y. dan Parij FAning doimiy kotibi. «Ensiklopediya» nashr etishda hamkorlik qilgan, keyinchalik inqilobda qatnashgan, 1791-y. da Qonun chiqaruvchi majlisga saylangan, Konventda jirondachilar tarafida boʻlgan. Falsafada deizm va sensualizm tarafdori. «Inson aql-zakovati taraqqiyoti tarixiy koʻrinishlarining eskizi» (1794) asarida tarixiy taraqqiyot gʻoyasini rivojlantirgan; bu gʻoyaning asosi aql-idrokni kamolga yetkazishdan iborat.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x