KONDENSATSION ELEKTR STANSIYA

KONDENSATSION ELEKTR STANSIYA (KES) — ishi bugʻning kondensatlanishiga asoslangan va faqat elektr energiyasi ishlab chiqaradigan elektr st-ya. Ish dvigateli — bugʻ turbinasi. Unda ish sikli bugʻning kondensatlanishi (suyuqlikka aylanishi) bilan tugaydi (q. Kondensatsiya). Hosil boʻlgan kondensat bugʻ qozonita qaytib keladi va qayta ishlatiladi. Kondensatsion elektr stansiya yeda suv bugʻining issiqlik energiyasi kondensatsion bugʻ turbinasida mexaniq energiyaga, elektr generatorlarda elektr energiyasiga aylanadi. Bugʻning boshlangʻich parametrlari (bosimi va t-rasi) ni uni turbinaga kiritish oldidan oshirib, ishlatilgan bugʻning oxirgi bosimi va t-rasi pasaytirilib Kondensatsion elektr stansiyaning f. i. k. oщiriladi, Bugʻni qoʻshimcha (orada) qizdirib ham f. i.-k. ni oshirish mumkin. Yirik Kondensatsion elektr stansiya yeda bugʻning boshlangʻich parametrlari — bosim 13 — 14 MPa va t-rasi 560 — 570°, takomillashganlarida esa 25 MPa va 550—660°, 30 MPa va 650° boʻladi. Ayrim turboagregatlarning quvvati 800—1300 MVt ga yetadi. Kondensatsion elektr stansiyaning asosiy qismlari: qozon qurilmasi, bugʻ turbinasi va mashina zali, texnik suv taʼminoti va yoqilgʻi xoʻjaligi, elektr taqsimlash qurilmasi, kuchaytirish podstansiyasi va b. K. e. s. da koʻmir kukuni, tabiiy gaz, mazut, oʻtin va b. yoqilgʻilar yoqiladi. Atom K. e. s. sida yoqilgʻi sifatida yadro yoqilgʻisidan foydalaniladi. Yirik KESlar Issiqlik elektr stansiyalari deb ataladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x