Kompyuterda ishlash uchun ko‘zoynak qanday tanlanadi?

MOSTBETDAN BONUS OLING

DO`STLARGA ULASHING:

👓 Kompyuterda ishlash uchun ko‘zoynak qanday tanlanadi?

Ko‘pchilik kuniga 8—10 soat davomida kompyuterda ishlaydi. Bu holat inson organizmiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Shuning uchun mutaxassislar ko‘zni kompyuter ekranining zararli ta’siridan himoya qiluvchi ko‘zoynak taqishni maslahat berishadi. Bu haqida Said Ma’murov Terabayt (http://www.terabayt.uz/post/komp-yuterda-ishlash-uchun-kuzojnak-qandaj-tanlanadi) saytida xabar bergan.

Ko‘zoynaklarning foydasi nimada?

Kompyuterda ishlash uchun taqiladigan ko‘zoynak linzalariga ko‘zni ekranning elektromagnit nurlanishlaridan va boshqa zararli ta’sirlardan himoya qiluvchi maxsus ishlov beriladi.

Ko‘zoynaklar nima uchun kerak?

– Ko‘zga tushadigan bosimni kamaytiradi

– Ekranning «pikselligi»ni yo‘qotadi

– Ko‘rish qobiliyatini tez yo‘qotishdan himoya qiladi

– Ko‘z charchashini kamaytiradi

– Ko‘z gavharini ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi

Kompyuterda ishlash uchun taqiladigan ko‘zoynakni ishingiz turiga qarab tanlang. Agar siz har doim matnlar bilan ishlasangiz, kontrastni kuchaytiruvchi ko‘zoynakni tanlaganingiz ma’qul. Agar siz grafika bilan shug‘ullansangiz ranglarni yaxshiroq ko‘rsatuvchi ko‘zoynaklarni tanlasangiz ham bo‘ladi.

Ko‘zoynak sotib olishdan oldin mutaxassis shifokor bilan maslahatlashing. Shifokor ko‘zingizning ko‘rish holatiga qarab sizga qanday ko‘zoynak zarurligi to‘g‘risida maslahat beradi.

Sifatli ko‘zoynaklar arzon turmaydi. Kompyuterda ishlash uchun taqiladigan ko‘zoynaklarning boshlang‘ich narxi 50 ming so‘m bo‘lib, ko‘zoynak linzasini ishlab chiqaruvchi va gardishining tannarxiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi.

Eng sifatli ko‘zoynak linzalari Germaniya, Shveysariya va Yaponiyada ishlab chiqariladi.

Kompyuterda ishlash uchun taqiladigan ko‘zoynaklarni to‘g‘ri tanlaganingizni qanday bilish mumkin? Agar kun bo‘yi ko‘zingizda toliqish sezmasangiz – demak, ko‘zoynakni to‘g‘ri tanlagansiz. Agar qandaydir noqulaylik, ko‘zingizda og‘riq va qichishish sezsangiz, demak, ko‘zoynakni noto‘g‘ri tanlagansiz yoki sizga sifatsiz ko‘zoynakni sotishgan.

👨🏻‍💻 @itspecuz

MOSTBETDAN BONUS OLING

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x