DO`STLARGA ULASHING:
Kompyuter tez ishlashiga to’gridan-to’g’ri bog’liq bo’lgan narsalar
#foydali
Ko’pchilikning muammosi, nimaga meni kompyuterim sekin ishlaydi? qanday tezlashtish mumkin?
Buning sababi va yechimi juda ko’p, dastlab kompyuteringizni yaxshilab tahlil qilib chiqish kerak, so’ng qandaydir yechim aytish mumkin.
Quyida, kompyuter tez ishlashiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lgan asosiy sabablarni yozib o’taman:
1. Protsessor chastotasi. Kompyuter bu hisoblash mashinasi, hisoblashlar esa protsessorda bajariladi. Protsessor chastotasi qanchalik katta bo’lsa, shuncha tez hisoblash amallari bajariladi(protsessor yadro va oqimlar soni haqida alohida boshqa postlarda yozaman).
2. Tezkor xotira. Qattiq disk(vinchester) va protsessor orasidagi vositachi. Bu xotira turi, qattiq diskka qaraganda ancha tez ishlaydi, shunday ekan qancha ko’p ma’lumotlaringiz bu yerda saqlansa, shuncha ma’lumotlarni o’qish tezlashadi va siz ishlaringizni tez bajara olasiz.
3. Qattiq disk. Ma’lumotlarning asosiy qismi shu yerda saqlanadi, shu sababli bu qurilmani ham tezkorini qo’yish lozim. Hozirda ko’pchilik SSD turini ma’qul ko’rishmoqda, ha, yaxshi tanlov, lekin biroz qimmat. Agar mablag’ bilan muammo bo’lsa, HDD diskni tezkorrog’ini oling. Tezkorroq deganda, vinchester ichidagi disklarning aylanish tezligi yuqorirog’i tushuniladi: 7200RPM, 10000RPM, 15K RPM.
4. Defragmentatsiya. Agar vinchester SSD emas balki oddiy HDD bo’lsa, har oyda defragmentatsiya qilib turing. SSD bilan bu ishni amalga oshirish tavsiya etilmaydi, batafsil bu haqida quyidagi post (https://t.me/planetait/888) orqali bilib olishingiz mumkin.
5. Bir vaqtda bir necha dasturlardan foydalanish. «Ko’rpanga qarab oyoq uzat» deganday, protsessor yadrosi va tezkor xotira hajmiga qarab, bir nechta dasturlardan foydalaning.
6. Viruslardan himoyalanish. Virusni bu ro’yxatga kiritmaslik, unga nisbatan hurmatsizlik bo’lardi). Viruslar ham dastur, ular ham tuzilishiga qarab, ancha-muncha resurslaringizni ishlatib yuborishi mumkin. Shunday ekan, albatta antiviruslardan foydalaning.
☝️Bular asosiylari, bulardan ham ustun turadigan yana bir sabab bor, bu siz ya’ni foydalanuvchi, agar foydalanuvchi sekin bo’lsa, kompyuter u uchun tez ishlay olmaydi, shunday ekan kanaldagi postlarni kuzatib, kompyuterda tez ishlashni o’rganib boring.