KOMMERSIYA

KOMMERSIYA (lot. commercium — savdo) — savdo va savdo-vositachilik faoliyati, tovar va xizmatlarni sotish yoki sotilishiga koʻmaqlashishda ishtirok etish. Kommersiya faoliyatining asosiy yoʻnalishi — tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilardan isteʼmolchilargacha yetkazib berish—muomala soxasi hisoblanadi. Mehnat taqsimoti natijasida Kommersiya faoliyati alohida iqtisodiy yoʻnalish sifatida shakllangan. Kommersiya ixtisoslashgan keng soha boʻlib, bugungi kunda uning asosiy yoʻnalishlariga savdo-vositachilik va reklama faoliyati kiradi. Savdo-vositachilik faoliyati universal va ixtisoslashgan, ulgurji va chakana savdo turlaridan iborat. Reklama faoliyati ham Kommersiyaning ajralmas bir boʻlagi boʻlib, tovarlar xizmatlar savdosini ragʻbatlashtirishga yoʻnaltirilgan faoliyat sohasini tashqil etadi. Reklama isteʼmolchilar uchun tovar va xizmatlar toʻgʻrisida oshqora axborot yetkazadi va ularning sotilishini faollashtiradi.

Mahsulotning ishlab chiqaruvchidan xarid etilgan narxi bilan uni isteʼmolchiga sotish narxi oʻrtasidagi farq Kommersiya daromadlarini tashqil etadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x